Suvayş kanalini tösib qöygan kema hamon joyida qolmoqda

Foto28-mart, 2021, 13:071 daqiqa0 koʻrish

Suvayş kanaliga tiqilib qolgan kema hamon öşa joyda qolmoqda

23-mart kuni Suvayş kanalida sayozlikka ötirib qolgan "Evergreen" kompaniyasiga qaraşli konteyner taşuvçi kemani yönalişini töğrilaşga uruniş mana 5 kundirki samara bergani yöq. Dastlab, kemani yöldan oliş böyiça işlar 2-3 kun davom etişi taxmin qilingandi.

“Qutqaruv” işlari bilan Niderlandiyaning SMIT kompaniyasi şuğullanmoqda. Kema turib qolgan joydan 20 ming tonna tuproq qazib olingan. Bugun - 28-mart kuni qöşimça yana ikkita şatak kemasi jalb qilinişi aytilgan.

Kemaning kanalni töliq tösib qöyişi natijasida töplanib qolgan yuk taşuvçi kemalar soni 300dan oşib ketgan. Suvayş kanali orqali kemalar harakati töxtab qolişi jahon savdosiga soatiga 400 mln dollarga tuşmoqda.

Mutaxassislar kanal yöli oçilişi haqida aniq maʼlumot bera olmayaptilar.

Eslatib ötamiz, ayni damda Suvayş kanalini tösib turgan kemaning eni 59 va uzunligi 400 metr bölgan (bu taxminan 4ta futbol maydoniga teng). 200 ming tonnaga yaqin yukni taşiy oladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek