Suvayş kanalida yirik kema qatnovi töxtab qoldi
Konteyner taşuvçi kema Suvayş kanalidagi qatnovni töliq töxtatib qöydi
Şu yil 23-mart kuni "Evergreen" transport kompaniyasiga qaraşli dunyodagi eng yirik konteyner taşuvçi kemalardan biri Suvayş kanalida sayozlikka ötirib qolgan. Buning natijasida Örta Er dengizi va Qizil dengizni boğlovçi kanalda kemalar qatnovi töliq töxtagan.
Eni 59 va uzunligi 400 metr bölgan (bu tahminan 4ta futbol maydoniga teng) kema kanalga köndalang turib qolgan va ikki tomonlama harakatni tösib qöygan. Kemani burişga urinişlar davom etmoqda. 8ta yirik buksirlar uni siljitişga harakat qilmoqda. Mutaxassislarning fikriça, hodisani bartaraf etiş uçun 2 kun vaqt kerak böladi.
Maʼlumotlarga köra, Suvayş kanalidan janubda, Qizil dengizda kemalarning yirik xajmdagi tirbandligi yuzaga kelgan.
Qiziği, birgina uşbu hodisa sabab jahon bozorida neft narxi kötarilib ketgan. Çunki, neft ortilgan yuzlab kemalar suv yöli oçilişini poylaşmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


