XMT: Majburiy mehnatga yöl qöygan amaldor jazolanişi kerak

Matn29-oktabr, 2018, 22:441 daqiqa0 koʻrish

​​XMT: "Majburiy mehnatga yöl qöygan hukumat amaldoriga çora körilişi kerak"

Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) loyiha boş texnik maslahatçisi Yonas Astrup majburiy mehnatga yöl qöygan hukumat amaldori jazolanişi kerakligini aytgan, deya xabar bermoqda Turon24.

29-oktabr kuni boş vazir Abdulla Aripov boşçiligida ötgan videoselektor yiğilişida Yonas Astrup ham iştirok etgan va maʼruza qilgan.

"Xalqaro mehnat taşkiloti Özbekiston prezidentining majburiy mehnatga barham beriş böyiça farmonini olqişlaydi. Öylaymizki, Özbekiston fuqarolari bunday vaziyatlarga toqat qilişmaydi va heç kim qonundan ustun emasligini tuşunib yetişadi.

XMT Özbekiston hukumatining majburiy mehnatga qarşi kuraşiş sohasidagi faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Şu bilan birga, majburiy mehnatga yöl qöygan hukumat darajasidagi amaldorga çora körilişi xalqaro hamjamiyat uçun kuçli va aniq mujdadir. Menga işoning, xalqaro hamjamiyat Özbekistonda röy berayotgan hodisalarga bittagina holatga qarab yoki bir yoqlama xulosa çiqarmaydi, balki hukumat bunga qanday munosabatda bölganiga eʼtibor qaratadi.

Hozirgi vaziyatda töğri qaror qabul qilingani öta muhimdir. Buning uçun Özbekiston hukumati va rahbariyatiga minnatdorligimni bildiraman", – degan XMT vakili.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek