Zoyir Mirzayev Boş vazir örinbosari lavozimidan ozod etildi
RASMAN: Boş vazir örinbosari Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etildi
Bu haqida, Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 29-oktabr kuni barça darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday şakl va körinişlariga yöl qöymaslik borasidagi javobgarligini oşiriş töğrisida farmon qabul qildi.
Uşbu farmonga muvofiq, ğalla ekiş va suğoriş işlarini taşkil etiş jarayonida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani bois Mirzayev Zoyir Toiroviç Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Hujjatda Özbekiston Respublikasi Boş prokuroriga qişloq xöjaligi işlari çoğida yöl qöyilgan qonun buziliş holatlari yuzasidan tekşiriş ötkaziş, Özbekiston Respublikasi Boş vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xöjalik birlaşmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barça şakl va körinişlariga barham berişga qaratilgan çora-tadbirlarni samarali amalga oşiriş böyiça topşiriqlar berilgan.
Rasmiy manba: www.president.uz/uz/2119
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
