Majburiy mehnatga qarşi kuraşiş böyiça farmon imzolandi

Matn31-iyul, 2019, 10:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşişga oid Prezident farmoni imzolandi

• Farmonga binoan, Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi tugatilib, örniga Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi taşkil qilindi.

• Milliy komissiyaga Senat raisi Tanzila Narbayeva rahbarlik qiladigan böldi.

• Milliy komissiya 2 ta kiçik komissiyadan iborat:

1) Milliy komissiya raisining örinbosari hisoblanadigan Içki işlar vaziri rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarşi kuraşiş masalalari böyiça kiçik komissiya;

2) Milliy komissiya raisining örinbosari hisoblanadigan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarlik qiladigan Majburiy mehnatga qarşi kuraşiş masalalari böyiça kiçik komissiya;

• hokimlar zimmasiga odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş böyiça hududiy komissiyalarga rahbarlik qiliş vazifasi yuklandi;

• Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş böyiça milliy maʼruzaçi instituti taʼsis etildi (institut deganda oliy taʼlim muassasasi nazarda tutilmayapti, şunaqa yangi tizim paydo böladi);

• bolalar mehnati va majburiy mehnatga yöl qöyilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilanadigan böldi;

• Oliy Majlis Senatiga Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlaş masalalari böyiça Parlament komissiyasini tugatiş tavsiya etildi (Prezidentda Senatning komissiyasini tugatiş vakolati yöq, şuning uçun tavsiya etmoqda).

Farmonning töliq matni bilan quyida tanişişingiz mumkin:

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida so'rovnoma

    01 daqiqa

  2. 15-avgustdan yonilği narxlari oşadi

    01 daqiqa

Yana oʻqing