Qarşida test nazoratçilari ovqat sifatidan şikoyat qildi

Matn30-iyul, 2019, 22:142 daqiqa0 koʻrish

Muştariydan maktub:
#abituriyent

Iltimos, mutasaddilar uşbu maktubga jiddiyroq eʼtibor qaratişsa yaxşi bölar edi. Butun respublika böylab ayni xatda bayon qilinganday vaziyat, deb aytolmayman. Çunki qolgan joylardagi nazoratçilardan yaxşi gaplar eşityapman. Ammo quyidagi gaplarni ham yolğonligiga işonmayman.

«Assalomu alaykum! Man Karşidagi Olimpiya zaxiralari kollejida test davomida nazoratçi bulib iştirok etayapman. Bir kun iştirok etaman bir kun dam olaman. Imtixondan oldin, "xar kuni nazoratçilarga obedga 1,2,3 va mevalar beriladi" deyişgan edi. Keça bir xamkasbim iştirok etgandi, bugun esa man iştirok etib mana xozir kirib keldim uyga. Xamkasbim keça keçga uyimga kelib telefon kilib ovkatni yeb bulmas darajada ekanligini aytgandi (yorma kilişgan ekan). Bugun esa uzim guvoxi buldim, xakikatdan xam ovkatni yeb bulmas darajada. 1,2,3 va mevalar farligiku mayli, oş kilingan ekan, eng arzon, navi past bulgan (seçka) guruçidan oş damlaşibti. U oşni deyarli xeç kim yemadi, yeganlar esa oşkozoni ogrib yoki zarda kilayotganidan şikoyat kilişdi uzaro. Şaxsan manda oşni 1 koşigidayok katta toş çikdi, 2 koşigida gugurt çupi kattaligada xas çikdi, keyin yemadim (oş issik emas sovub kolgan, guruçlari xam kattik-kattik edi). Oşni tamini tasvirlab beraolmayman şunçalik darajada bemaza. Alloxni uzi keçirsin, ovkatdan noliş mumkin emas, lekin ular tayyorlagan oşni gapirmasdan ilojim xam yuk.

Biz ukituvçilar xayvon emasku tugri kelgan ovkatni yeydigan. Kun uzok tik oyokda, juda kuplar oç korinda utkazişdi. Mayli boşida berilgan vadalardagidek 1,2,3 va mevalar bulmasin lekin inson korni tuyadigan 1ta tuzuk ovkat tayyorlab berişsa yaxşi bulardi, axir biz ukituvçilar xam insonku, bunçalar yerga urib xor kilişlarini kutmagandim rosti. Şunça abituriyent tulagan puldan ozgina ajratib tuzukrok ovkat kilişsa maksadga muvofik bular edi.

Sizdan iltimosim şuki: imkon kadar uşbu xolatni yaxşilaşda yordam bering iltimos.

Ikkinçi iltimosim: Şaxsimni sir tutsangiz iltimos. Ertaga şaxsim anik bulsa işimdan ayrilişim mumkin (biz uzbeklarni bilasizku tugri gap yokmaydi, darxol kovla kovla boşlanadi).

Eʼtiboringiz uçun raxmat!»

Maktub tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek