Qarşidagi xalqaro universitet faoliyati noqonuniy deb topildi
Taʼlim inspeksiyasi ogohlantiradi: Qarşidagi xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti faoliyati noqonuniy
Sönggi kunlarda “XALQARO IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI” nodavlat oliy taʼlim muassasasi va uşbu muassasa 2019/2020 öquv yiliga öqişga kirişga abituriyentlardan hujjat qabul qilayotganligi va uşbu xizmat uçun pul undirilayotganligi töğrisida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasiga fuqarolar tomonidan köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.
Taʼkidlab ötiş joizki, “XALQARO IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI” nodavlat oliy taʼlim muassasasi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasiga litsenziya oliş uçun bir neça bor ariza bilan murojaat qilgan.
Lekin mazkur muassasada oliy taʼlim xizmatlarini körsatiş uçun belgilangan talab va normalarga javob beradigan, unga mulkiy huquq bilan tegişli bölgan bino va inşootlar bilan taʼminlanmaganligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, öqitişning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlangan auditoriyalar va öquv xonalar mavjud emasligi hamda ilğor xalqaro tajribalarni inobatga olib, öqitişning innovatsion şakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalaniş asosida taʼlim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oşiriş uçun kerakli şart-şaroitlar yaratilmaganligi sababli litsenziya beriş rad etilgan.
Uşbu muassasaning norasmiy faoliyati böyiça Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan Qaşqadaryo viloyati hokimligiga xat yuborilgan.
Oliy öquv yurtida öqiş istagida bölgan yoşlarga va ularning ota-onalariga “XALQARO IJTIMOIY-IQTISODIYOT UNIVERSITETI” nodavlat oliy taʼlim muassasasi heç qanday litsenziyaga ega emasligini va ularning faoliyati noqonuniyligini eslatib ötmoqçimiz va bunday yolğon maʼlumotlarga işonmasliklarini sörab qolamiz.
Şu bilan birga, litsenziya olgan nodavlat taʼlim muassasalari töğrisida maʼlumotlarni Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining rasmiy veb-sahifasida joylaşgan litsenziyalar reyestridan (http://ntm.tdi.uz/?mod=ntmidx) hamda +998 71 231-07-53 (içki raqamlar 1020, 1027, 1037) orqali töliq maʼlumotlarni olişingiz mumkin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi
Jamoatçilik va OAV bilan işlaş bölimi

