Qarshidagi litsenziyasiz universitet haqida ogohlantirish

Matn30-iyul, 2019, 15:532 daqiqa0 koʻrish

​​Qarşida yangi nodavlat universitet oçildimi? Yolğonlarga aldanib qolmang!

Juda köpçilik xabar yöllab, Qarşi şahrida oçilgan yangi nodavlat universitet haqida maʼlumot berişimni söraşmoqda.

Olingan xabarlarga köra, Qarşi şahrida «Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti» nodavlat taʼlim muassasasi oçilgani eʼlon qilinib, juda köpçilikdan hujjatlarni qabul qilişmoqda ekan. Hujjat topşiriş pullik – 101.365 söm!

Taşkilotçilar barça kelgan abituriyentlarga bu universitet garçi nodavlat bölsa ham, lekin diplomi davlat OTM bilan birdek kuçga ega ekanligi, litsenziyasi borligi haqida aytişmoqda ekan.

10 dan ortiq yönalişlar bor emiş. Heç qanaqa imtihon yöq, şundoq kontrakt tölab öqib ketiş mumkin ekan. Öqişga topşirib qöygan abituriyentlardan ham «yiqilsang, bizda öqişing mumkin» deya hujjat qabul qilişayotgan ekan.

❗️Ammo bularning barçasi çöpçak! Qip-qizil yolğon!

«Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti» nodavlat taʼlim muassasasi heç qanday litsenziyaga ega emas va öz-özidan ularda fuqarolarga oliy taʼlim beriş huquqi yöq.

Ular sodda xalqni aldab, millionlab pul töplab yotişibdi. Kelganlarga «mana, bizning litsenziyamiz bor» deya, Davlat xizmatlari markazidan berilgan yuridik şaxsni röyxatga oliş guvohnomasini körsatişmoqda. Bunaqa guvohnomani istalgan odam 5 minutda olişi mumkin. Sodda xalq esa, şu guvohnomani litsenziya deb öylamoqda.

Mendagi maʼlumotlarga köra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi allaqaçon uşbu litsenziyasiz taʼlim muassasasi faoliyatiga çek qöyişni sörab Qaşqadaryo viloyat hokimligi nomiga xat yöllagan. Tez orada rasmiy xabar berib qolinsa ham kerak.

Şu örinda mutasaddilardan nafaqat ularning faoliyatiga çek qöyiş, balki aldanib pul tölagan fuqarolarning pullarini ham egalariga qaytariş çoralarini körişlarini sörab qolamiz.

Yurtdoşlarimiz ham bu kabi yolğonlarga uçmasdan, kim nima desa işonib ketavermasdan, sörab-suriştirib körişsa yomon bölmasdi. Avvalroq Qozoğistondagi OTMlarning filialimiz deya yolğon gapirib, minglab insonlardan pul olayotganlar haqida yozgan edim.

Ogoh böling, aldanib qolmang!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek