Şifokor 25 ming dollar pora olayotganda uşlandi

Matn29-iyul, 2019, 14:241 daqiqa0 koʻrish

TOŞKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI UÇUN 25 MING AQŞ DOLLARI

Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tumani, Nov qişloq vraçlik punkti şifokori A.Q. fuqaro I.A.ni tanişlari orqali Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilgan. Departament tomonidan Toşkent şahar, Olmazor tumani, Şifokorlar köçasida ötkazilgan tezkor tadbirda, A.Q. vaʼda qilgan işi uçun firibgarlik yöli bilan 25 ming AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi, deya xabar bermoqda Boş prokuratura matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi kabi turli noqonuniy yöllar bilan öqişga kiritişga vaʼda berib, taʼmagirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor şaxslarga duç kelsangiz, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun işlovçi işonç telefonlariga murojaat etişingizni söraymiz!», - deyiladi Boş prokuratura xabarida.

❗️Ha, töppa-töğri, kelajakka bolta urmoqçi bölgan firibgar va muttahamlarga qarşi birgalikda kuraşişimiz kerak!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek