Abituriyentlar uçun test sinovlari böyiça muhim savol-javoblar
Köp berilayotgan savollar:
(aslida bu savollarning deyarli barçasiga javob berganmiz, yana qaytarişga majburmiz)
#abituriyent
👉 Testga oq köylakda keliş şartmi?
JAVOB: yöq, şart emas. Kiyimga çeklov qöyilmagan. Yalanğoç kelmasangiz böldi. Özingizga qulay bölgan rangdagi kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida şortikda, şippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.
👉 Testga kiriş soat neçida töxtatiladi?
JAVOB: abituriyentlar test sinovlari ötkaziladigan kuni binoga tegişli hududga soat 07:00 (ikkinçi smena soat 14:00) gaça, binoga soat 07:30 (ikkinçi smena soat 14:30) gaça şaxsni identifikatsiyalaş vositalari orqali tartibli ravişda kirişi kerakligi belgilab qöyilgan.
Iltimos, yilning eng muhim kunida, bir martagina vaqtli uyğonib, test ötadigan joyga vaqtli borişga harakat qiling. Transportdagi tirbandliklarni ham hisobga oling. Şu kunda ham keçikib keladiganlarni sira tuşuna olmayman.
👉 Testga kiriş uçun qanday hujjat olib boriş kerak?
JAVOB: Test sinovlariga kiriş uçun faqat «Abituriyent ruxsatnomasi» va pasporti bölsa kifoya.
👉 Test javoblari qaçon çiqadi?
JAVOB: abituriyentlar özi töplagan balini DTM saytidagi şaxsiy kabineti orqali ertasi kuniyoq bilişi mumkin, talaba bölgan-bölmaganini test sinovlari töliq yakunlangaç bilib oladi.
👉 Öqişga kira olmaganlarga tölagan pulini qaytarib beriladimi?
JAVOB: yöq, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 101 ming söm bu – hujjat topşiriş uçun edi. Öqişga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.
👉 Bugun tuşgan savollar ertaga yana tuşadimi?
JAVOB: yöq, tuşmaydi. Bir kunda tuşgan savollar boşqa kunda takrorlanmaydi, savollar bazasi unikal tuzilgan. Bitta yoki ikkita tuşib qolişi mumkindir balki, lekin bu heç narsani anglatmaydi va heç qanaqa xavotirga örin yöq.
👉 Testda neça varaq qoralama qoğoz berişadi?
JAVOB: joriy yildan boşlab test sinovlaridagi masalalarni işlaş uçun 2 varaqdan qoralama berilişi eʼlon qilingandi.
👉 Savollar kitobiga taxmin qilgan javoblarimizni belgilab tursak böladimi? Özi savollar kitobiga nimadir yoziş mumkinmi?
JAVOB: ha, savollar kitobiga bemalol taxmin qilingan töğri javoblarni belgilaş, turli qaydlar yoziş, çiziş mumkin. Lekin savollar kitobini yirtiş, özi bilan olib çiqib ketiş, birovga berib turişga ruxsat yöq.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈


