Abituriyentlar uçun test sinovlari böyiça muhim savol-javoblar
Manba:Xushnudbek.uz
Abituriyentlarning ayrim savollariga javoblar:
#abituriyent
Test sinovi topşiriş joyini notöğri kiritib qöyişgan ekan, özgartirsam böladimi?
JAVOB: Yöq, endi buni özgartirib bölmaydi. Har bir operator maʼlumotlarni kiritgandan keyin undagi maʼlumotlarning töğriligini tekşiriş uçun abituriyentning öziga bergan. Abituriyent özi tekşirib, töğriligini tasdiqlab imzo qöygan. Demakki, öşa paytda yaxşilab, beeʼtibor bölmasdan qaraş kerak edi. Operatorlar 1 kunda yuzlab insonlarning maʼlumotini kiritgan. Siz esa faqat özingizniki tekşirgansiz, şu sababli bu xatolikda Sizning aybingiz salmoği köproq.
Endi ariza va ruxsatnomangizda qaysi hudud körsatilgan bölsa, belgilangan kunda test sinovlarini topşiriş uçun öşa hududga borişga majbursiz.
Tanlagan yönalişlarni özgartiriş mumkinmi?
JAVOB: Yöq, endilikda anketangizdagi heç qaysi maʼlumotingizni özgartirib bölmaydi.
Pasport raqamim ruxsatnomada 6 ta raqam bilan notöğri yozilibdi, endi nima qilsa böladi, bu muammo bölmaydimi?
JAVOB: Agar pasport raqami 0 (nol) bilan boşlangan bölsa, unda ruxsatnomada öşa nol tuşib qolgan körinişda çiqmoqda. Masalan, pasport seriyasi va raqami AA0123456 bölsa, ruxsatnomada AA123456 bölib çiqyapti. Bu texnik nosozlik xolos, xavotirga örin yöq. Uşbu holat testga kirişda muammo tuğdirmaydi.
Ruxsatnoma saytda pasport seriya va raqamimni kiritsam, “pasport notöğri” degan javob çiqyapti, nima qilsam böladi?
JAVOB: Bunda 2 ta holat bölişi mumkin:
1) pasport seriyasini albatta lotin yozuvida kiritiş kerak. Masalan, AA bölsa, kirilçada yozilgan AA harflarini baza qabul qilmaydi. Şuning uçun klaviaturani lotin (ingliz) yozuviga ötkazib oling;
2) yuqorida aytilganidek, agar pasportingiz raqami 0 (nol)dan boşlangan bölsa, unda öşa nolni taşlab ketib, 6 ta raqam yozib köring. Masalan, AA0123456 bölsa, ruxsatnoma çop etiş bazasiga AA123456 deb kiriting.
❗️DTMdan iltimos, ruxsatnoma çop etiş sahifasiga şu kabi izohlarni kiritib qöyiş kerak. Bundan bexabar abituriyentlar qiynalmasligi uçun.
Ijodiy imtihonlar topşiradiganlarning ruxsatnomasi nima uçun bazadan çiqmayapti?
JAVOB: Test sinovlariga kirmasdan faqat ijodiy imtihon asosida öqişga qabul qilinadiganlar uçun ruxsatnoma.dtm.uz saytidan ruxsatnoma çiqmaydi. Çunki bu ruxsatnoma faqat test sinovlariga kiriş uçun beriladi. Ijodiy imtihon topşiradiganlar imtihonga kiriş uçun ruxsatnomani özlari hujjat topşirgan OTMdan olişadi.
Ruxsatnomada nima uçun imtiyozlarim körinmayapti?
JAVOB: Ruxsatnomada imtiyozlar körinmaydi, unda abituriyent qaçon, qayerda test sinovlarida iştirok etişi, taʼlim şakli, taʼlim tili, tanlagan yönalişlari va test topşiradigan fanlari aks etadi. Abituriyentning qöşimça maʼlumotlarini şaxsiy kabinetdan köriş mumkin.
Ruxsatnomani oq-qora çop etsa ham böladimi yoki rangli çiqariş kerakmi?
JAVOB: Oq-qora çiqarsangiz ham bölaveradi, rangli çiqariş şart emas. Asosiysi ruxsatnomaning yuqori öng burçagidagi QR-kodga şikast yetmasligi kerak (buklasa böladi).
Testga kiriş uçun qanday hujjat olib boriş kerak?
JAVOB: test sinovlariga kiriş uçun pasport va ruxsatnoma bölsa kifoya.
Ruxsatnoma saytida tasdiq kodi sörayapti, uni qayerdan olaman?
JAVOB: tasdiq kodi degan joyga, kök rangda çiqib turgan turli harflarni kiritişingiz kerak böladi (pastdagi suratga qarang). Harflar lotin yozuvida kiritilişiga eʼtibor qiling.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

