Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

DXX raisi Abdusalom Azizov Yakkaboğga keldi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

​DXX raisi Abdusalom Azizov Yakkaboğga keldi

27-iyul kuni keçki payt DXX raisi Abdusalom Azizov Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumani, «Eski Yakkaboğ» hududida bölib, holat yuzasidan viloyat masʼullari bilan muloqot qildi. Bu haqda «Daryo»ga tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Bozor Azizov maʼlum qildi.

Abdusalom Azizov Bahriddin Isomovga tegişli savdo va maişiy xizmat körsatiş dökoni beton ğiştdan qurilgan bino ekanligini taʼkidlab, bu binoni buzişga uringan tuman masʼullari işini qoralagan.

— DXX raisi tadbirkor dökoni buzilişi yuzasidan fikr bildirar ekan, «Odatda paxsa devordan bölgan yoki bugungi kun talabiga javob bermay qolgan bino buziladi-ku, nega tadbirkorning bu binosiga teginildi?» deb qattiq koyib gapirdi, — deydi Bozor Azizov. — Şuningdek, tadbirkorlarga xalal beriş emas, aksinça, yordam beriş zarurligini taʼkidladi.

Maʼlum qilinişiça, DXX rahbari bilan bölib ötgan muloqotda Eski Yakkaboğ hududi bir hafta mobaynida «Obod markaz»ga aylanişi lozimligi, buning uçun viloyatdan kerakli yordam berilişi aytilgan.

Tuman hokimligi vakillarining harakatlaridan aziyat çekkan Nizom Vohidov, Dilfuza Boqiyeva, Farruh Jabborov kabi uy-joyi buzilgan 7 nafar, hovli devorlari buzilgan 27 nafar, jami 34 kişiga 1,7 milliard söm kompensatsiya pullari tölab berilişi taʼkidlangan.

Hozirça Yakkaboğ tumaniga yangi rahbar tayinlanmagan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek