EZIDIYOR restorani egasi Toşkent hokimligi bilan sudlaşdi
Bir tomondan quvonçli, bir tomondan ayançli voqea
Özbekiston Savdo-sanoat palatasining xabar berişiça, «Tashkent City» qurilişi munosabati bilan buzib taşlangan «EZIDIYOR» restoranining egasi mana 1 yildirki sarson bölib yurgan ekan. Toşkent şahar hokimligi vaʼdasining ustida turmay, restoranning örniga berilişi aytilgan «Sayohat» restoranini haligaça tadbirkorga ötkazib bermabdi.
Aytgança, «EZIDIYOR» restorani Özbekiston-Birlaşgan Arab Amirligi qöşma korxonasiga qaraşli ekan, demakki, bu yerda xorijiy investorning manfaatlari ham bor.
Sudma-sud yurgan tadbirkor axiyri may oyiga kelib zafar quçibdi. Çilonzor tuman Maʼmuriy sudining 2019-yil 16-maydagi hal qiluv qaroriga asosan Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkor manfaatida kiritilgan daʼvo arizasi töliq qanoatlantirilibdi. Bu albatta quvonçli voqea, sud hokimiyati orqali huquqlarni tiklaş mumkinligiga yaxşi signal.
Ammo nima uçun masala sudgaça borişi kerak? Nima uçun tadbirkor turli eşiklarda sarson bölib yurişi kerak? Hokim Jahongir Ortiqxöjayev nima qilib ötiribdi unda? Bino aynan uning hokimligi davrida buzilgan-ku. Vaʼdani ham özi bergan bölsa kerak.
1 yildan ortiq tadbirkor va uning yuzlab xodimlari işsiz qolgan! Oilasini qanaqa boqadi bular, deb heç kim öylamaydimi?
Ahamiyatli tomoni sud qarori çiqqaniga 2 oydan köproq vaqt ötgan, lekin uning ijrosi haliyam taʼminlanmagan. Buni palata xabaridan bilib olsa ham böladi.
❗️Endi özingiz öylang, Toşkentning qoq markazidagi şaxsan Prezident bir neça bora taşrif buyurgan bir neça yuz millionlik quriliş loyihasida tadbirkorlarning, bölib ham xorijlik investorning hissasi qöşilgan bino buzib taşlanib, örniga vaʼda qilingan kompensatsiya 1 yildan buyon berilmayotgan ekan, unda çekka hududlardan nima kutsa böladi? Heç narsa! Heç qanaqa qonun, heç qanaqa ogohlantiriş, heç qanaqa kompensatsiya... No video, no photo ©
Tağin janob Ortiqxöjayev jurnalistlarning özini «yomon xabar yozsangiz investor kelmaydi» degan maʼnoda ayblab çiqqandi. Ajoyib, şunday emasmi? Buzgan qolib, yozgan aybdor.
👉 @xushnudbek 👈
