Magistraturada turdoş bölmagan yönalişda grantda öqiş
Magistraturaga boşqa turdoş mutaxassislikka topşirsa, faqat kontraktda öqiydimi?
#abituriyent
Magistratura böyiça qabul jarayonlari tugaşiga sanoqli kunlar qoldi. Xabaringiz bor, joriy yilda bakalavrni turdoş bölmagan yönalişda tugatganlar ham magistraturaga hujjat topşira oladigan bölişdi. Mana bu yerda buning tartibini batafsil tuşuntirganman: t.me/xushnudbek/2670
Uşbu tartib yangilik bölganligi sababli tabiiyki amaliyotda köplab tuşunmovçiliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, ayrim qabul komissiyalari boşqa turdoş yönalişni tugatgan abituriyentlarga ularni faqat kontrakt böyiça qabul qilişlarini, ular davlat grantiga daʼvogarlik qila olmasliklarini taʼkidlaşayotgan ekan.
Ammo bu kabi gaplar mutlaqo notöğri. Qoidaga köra, magistratura mutaxassisligiga mos bölmagan boşqa bakalavriat taʼlim yönalişlari bitiruvçilari faqatgina davlat grantlari asosida belgilangan maqsadli qabul kvotalariga tanlovda qatnaşa olmaydi.
Xöş, qaysi mutaxassisliklarda maqsadli qabul bor?
Davlat qabul komissiyasining 4-iyuldagi 1-sonli bayoniga binoan, atigi 10 ta OTMda magistratura uçun maqsadli qabulga kvota berilgan. Respublika böyiça jami 65 ta örin berilgan xolos. Mana şu 65 ta öringa “begonalar” daʼvogarlik qila olmaydi. Qolgan örinlarga agar ular imtihonlardan yuqori ball töplay olsa, bemalol davlat grantida öqişi mumkin.
Yuqorida ana öşa 65 ta maqsadli qabul kvotasi röyxati ilova qilindi.
Hurmatli qabul komissiyasidagilar, iltimos, asossiz gaplarni aytib, abituriyentlar orasida tuşunmovçiliklarni keltirib çiqarmanglar.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈
