Koreyadagi özbek muhojirlari bilan uçraşuv ötkazildi

Matn24-iyul, 2019, 16:001 daqiqa0 koʻrish

​​Koreyadagi özbeklar uçraşuvi

Koreya Respublikasi Kimhe şahrida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligininig vakolatxonasi tomonidan «Janubiy Koreyada yaşaş hamda mehnat faoliyati davomida öz huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?! Amaliy yordam, maslahat va tavsiyalar» mavzusida Özbekistonlik fuqarolar bilan uçraşuv taşkil etilibdi.

Koreya Respublikasiga vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş hamda taʼlim oliş uçun kelgan 150 nafardan ortiq Özbekiston fuqarolari iştirok etgan uçraşuvda iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollariga javob olişgan, takliflar bildirgan, özlarining biznes loyihalarini taqdim etgan va mavjud muammolarni hal qilişgan.

Tadbirda öz iş vazifalarini va majburiyatlarini vijdonan bajarib kelayotgan, şuningdek, 4 yil va undan köproq vaqtdan beri şartnomaga muvofiq iş örinlarini özgartirmasdan doimiy va namunali tarzda işlab kelayotgan fuqarolar Vakolatxona tomonidan «Taşakkurnoma» va esdalik sovğalari bilan taqdirlangan.

Eng köp savollar vizani uzaytiriş va özgartiriş, oila aʼzolarini Koreyaga olib keliş, yangi turdagi çet elga çiqiş pasportini oliş, konsullik röyxatiga turiş, eski turdagi passport bilan çet elga çiqib kiriş, iş beruvçilar bilan vujudga kelayotgan ayrim muammolar, iş joyini özgartiriş va boşqalarga oid bölgan.

Tadbir davomida fuqarolarga bepul tibbiy diagnostika xizmatlari ham körsatilgan. Yakunda lotereya öyinlari taşkil etilib, röyxatdan ötgan iştirokçilarga 40 dan ortiq qimmatbaho sovrin va sovğalar topşirilgan.

Keyingi uçraşuv joriy yilning 4-avgustida Seul şahrida bölib ötişi rejalaştirilmoqda ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek