Koreyada Uzbekistan Day tadbiri bölib ötdi
Koreyada «UZBEKISTAN DAY»
Janubiy Koreyaning Kvangju şahrida Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligininig Vakolatxonasi tomonidan «UZBEKISTAN DAY» tadbiri taşkil etilibdi. Bu haqda koreya naşrlari yozmoqda (1, 2, 3)
Koreya Politexnika Universiteti hududida bölib ötgan tadbirda 400 nafardan ortiq vatandoşlarimiz hamda koreyalik mehmonlar qatnaşgan. Tadbir davomida milliy kuy-qöşiqlar, sahna çiqişlari va raqslardan iborat konsert dasturi, 16 ta jamoa iştirokida futbol turniri, milliy taomlarimizdan palov va somsalardan iborat tuşlik, şuningdek fuqarolar qabuli taşkil etilgan.
Öz iş vazifalarini va majburiyatlarini vijdonan bajarib kelayotgan, şuningdek 4 yil va undan köproq vaqtdan beri tuzilgan şartnomaga muvofiq iş örinlarini özgartirmasdan, doimiy va namunali tarzda işlayotgan 10 nafar yurtdoşlarimiz «Namunali va sodiq işçi» nominatsiyasiga loyiq körilgan hamda taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlangan.
👉 @xushnudbek 👈
