IIV Matbuot kotibi: Pardaga taqiq — mantiqsiz qaror

Matn19-oktabr, 2019, 12:303 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

IIV Matbuot kotibi: Pardaga taqiq - mantiqsiz qaror

Keling, gap isboti bilan bölsin, birgina misolni aytay.

Matbuot anjumanida propiska bilan bir qatorda, parda masalasida ham savol berdim. Mana şunday mayda masalalar içki işlar organlarining misqollab yiğayotgan obrösiga jiddiy putur yetkazayotganini taʼkidlab, balki qonunlar va sud qarorlariga asossiz qarşi bormasdan, xalqqa yengillik beriş payti kelgandir, deya söradim.

Bunga javoban dastlab IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusov javob berdi. Ularning fikriça (aslida bu rahbariyatining fikri, matbuot xizmati boşliği şu pozitsiyani taʼkidlaşga majbur), sudlar qonunni notöğri talqin qilayotgan emiş, garçi bir neçta sudda yutqazsa ham YHXBBning pozitsiyasi öşa-öşa ekan, kassatsiyada ham yutqazgan bölsada, ularning Oliy sudga şikoyat qiliş huquqi bor ekan. Yana aytildiki, yaqinda internetga joylangan qonun loyihasiga fuqarolar tomonidan juda köp salbiy eʼtirozlar bildirilganini ham bilişar ekan, şuningdek ayrim davlat taşkilotlaridan ham salbiy xulosa berilibdi.

Xullas, “dejurniy” gaplar.

Şundan keyin IIV Jamoatçilik bilan aloqalar boşqarmasi boşliği Şoxrux Ğiyasov bu masalaga öz fikrlarini bildirdi:

“Biz fuqarolarni noqulay holatga qöyadigan pozitsiyada turib, heç ham obrö orttira olmaymiz. Bunaqa savol berilişi kutilgan edi. Şuning uçun ayrim mutasaddi rahbarlar bilan ham bu masalada gaplaşgan edim.

Bir narsani hamma tuşunişini, bilişini xohlayman. Yaʼni nima mumkin, nima mumkin emasligini mantiqan aniqlab oliş töğri böladi. Masalan, maşinaga tonirovka qiliş mumkin, lekin parda qiliş mumkinmas. Hatto ayrimlar savol bermoqda, orqaga kostyumni ilib qöysa nima böladi, deb. Biz buni juda yaxşi tuşunamiz, bu (orqa eşikka parda örnatişga taqiq) umuman mantiqqa töğri kelmaydigan talab. Buni biz tuşunib turibmiz. Bu şunçaki loyiha.

Men endi şuğullanişni boşladim bu bilan. Kerak bölsa, rahbariyatga taklif kiritamiz. Kim, nima uçun, qaysi darajada bu taqiqning tarafdori bölganini ham bilib, joyiga qöyamiz. Bizning maqsadimiz odamlarga maksimal darajada şaroit yaratib beriş.

Bularni ham (IIV YHXBB Matbuot xizmati) töğri tuşunsa böladi, ularda tartib şunaqa, agarda Sizga boşqaça javob bersa özlari noqulayga ahvolga tuşadi.

Lekin har qanday holatda biz fuqarolarga qulay bölişini öylaşimiz kerak. Agarda biz şu pozitsiyada turaversak, şarmanda bölaversak, birorta natijaga erişa olmaymiz.

Xulosa qilib, şunaqa desak böladi. Yaqinda bu narsa (loyiha) olib taşlanadi, rahmat, juda köpçilikning fikrlari örganib çiqiladi va bu böyiça xulosa qabul qilinadi. Keyinçalik bizning pozitsiyamiz şunaqa böladiki, maksimal darajada fuqarolarga qulaylik yaratamiz. Çunki haqiqatdan mantiqsiz ayrim narsalarni körib, baʼzan odamning jahli çiqadi. Qanday, kim buni yölga qöygan?

Şu masalada savolingizga javob topdik, deb öylasak böladimi?

- Rahmat, rahmat.

Xullas, şunaqa gaplar böldi. Qolganini quyidagi audio orqali özingiz eşitib körişingiz mumkin.

Yaxşi yangiliklardan umidvormiz. Xalqni öylaydigan, fuqarolarga murakkablik tuğdirişni emas, balki oğirini yengil qilişga harakat qiladigan mutasaddilar köpayaversin, deb duodamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek