Samarqand sudi maşina orqa eşigiga parda örnatişni qonuniy topdi
Samarqand sudi ham pardani qonuniy deb topdi
Orqa eşikka parda örnatiş böyiça Samarqandda ham bir fuqaro sudda yutib çiqibdi. Yaʼni Samarqand şahar maʼmuriy sudi maşinaning orqa eşigiga parda örnatişni qonuniy deb topibdi.
Içki işlar organlarining navbatdagi mağlubiyati. Saqiçday çözilgan bu şarmandalikka qaçondir barham berilarmikin? Yoki çözilgan saqiçning uzilişini kutişyaptimikin?
Oma lekin mutasaddilarning sabriga, beparvo va xotirjamligiga qoyil qoliş kerak. Buyoqda ketma-ket sud organlari “şuni ham bilmaysanmi?” deb boşiga “gurzi” bilan urib yotibdi, ortiqça ovogarçilikdan çarçagan xalq dardini doston qilib yotibdi, ular bölsa, mana bir neça oydirki parvoyiga ham kelmay, bemalol yurişibdi.
Dastlab bu haqida maqola yozganimda öylagandimki, vazirlik rahbariyati tezda buni öz nazoratiga olib, muammoni xalq foydasiga, yanada aniqroği qonuniy tomonga hal qilib, tizimni şarmandalikdan va jamoatçilikning noroziligidan saqlab qolişadi, deb. Çuçvarani xom sanagan ekanman, şekilli.
Ha-ya, esim qursin, mutasaddilar heç narsa qilmadi desam yolğon böladi, ular yaqinda xalq ahvolini oğirlaştiradigan, lekin öz foydalariga işlaydigan qonun loyihasini işlab çiqişgan edi-ku, unutibman.
Nima ham derdik, umid qilişdan töxtamaymiz. Xudo xohlasa, bu masala tez orada qonunda körsatilganiday fuqarolar foydasiga hal böladi, deya işongimiz keladi.
Aytgança, maşinaning orqa oynasiga parda örnatiş qonuniyligi haqida 3-iyuldagi mana bu maqolamda batafsil tuşuntirganman. Kun.uz saytida 200 ming marta, kanalimda 140 ming marta öqilibdi:
Mavzuga biroz begona bölsangiz, maqolani öqib çiqişni maslahat beraman.
👉 @xushnudbek 👈


