Deputatlar maşina oynalariga parda taqiş böyiça IIVga sörov yubordi

Matn9-sentabr, 2019, 16:442 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​Oliy Majlis deputatlari maşinalarning orqa yon oynalaridagi pardalar masalasida IIVga sörov kiritdi

Buxoro şahar maʼmuriy sudi avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar örnatiş mumkinligi töğrisida qaror çiqargani haqida 6-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgan edi. 8-sentabr kuni esa Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi uşbu xabarlarga munosabat bildirib, yengil avtomobillarning orqa yon oynalariga parda taqiş mumkin emasligi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarni asossiz deb hisoblaşini maʼlum qildi.

Öz navbatida, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev YPX inspektorlari haydovçilarning orqa eşikka parda örnatgani uçun jarima qöllaşni bas qilişlari kerak, deb hisoblaydi. U 8-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan postida bir guruh deputatlar bu masalada Özbekiston Içki işlar vazirligiga sörov yöllaganini bildirgan.

«Avvalroq bir guruh deputatlar haydovçilarga avtomobillarning old oynasidan taşqari barça oynalariga özlariga qulay holda parda taqişlariga ruxsat beriş böyiça hukumatga sörov bilan çiqqandik. Natija özingizga maʼlum... Şunga qaramay bu borada sudning pozitsiyasi biz uçun ham muhim edi.

Nihoyat kuni keça Buxoroda maʼmuriy sud haydovçilar orqa eşikka parda örnatganligi uçun YHX inspektori tomonidan qöllanilgan jarimani bekor qilib, orqa eşikka parda örnatişni qonuniy deb topgani maʼlum böldi.

Keça esa, qöşimçasiga, yana xuddi şunday yangilikdan xabar topdim: şu yilning 6-avgust kuni Farğona viloyatining Toşloq tumani maʼmuriy sudi ham haydovçining şikoyatini qanoatlantirib, orqa eşiklarga parda taqişni qonuniy deb topgan va jarima jazosini bekor qilgan.

Körinib turibdiki, sudlarimiz bu masalada yagona qonuniy yondoşuvda ketmoqda.

Köplab saylovçi, bloger va faollarning murojaatlari va yuqoridagilardan kelib çiqib aytsak, avtomobillarning orqa eşiklariga parda taqiş 100 foiz qonuniydir.

Şu bois, ÖzLiDeP fraksiyasidagi va boşqa bir guruh hamkasb deputatlar bilan kuç birlikda, degan tamoyilga amal qilib, odamlarni sudga ovora qilib vaqtlarini yöqotmasliklari uçun Içki işlar vazirligiga barça YHX inspektorlarining avtomobil orqa eşiklariga parda taqqanlik uçun haydovçilarni jarimaga tortiş amaliyotiga butunlay çek qöyiş talabi bilan sörov kiritişga qaror qildik.

Qonunlar va xodimlar adolat uçun xizmat qilsin doimo», — deydi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek