Parda masalasida yana bir fuqaro sudda yutib çiqdi
Parda masalasida yana bir fuqaro sudda yutib çiqdi
Bugun Toşkent şahrida parda masalasi böyiça yana bir fuqaro sudda ğalaba qozondi. Yaşnobod maʼmuriy sudining qarori bilan yöl-patrul xodimi tomonidan orqa eşikka parda örnatganligi uçun qöllangan jarima noqonuniy deb topildi.
Yaʼni yana bir sud orqa eşikka parda örnatişni qonuniy, deya eʼtirof etdi.
Aslida Içki işlar vazirligiga savollarimiz juda köp. Ammo faqat bittasigagina javob berişsin, iltimos:
Nima uçun yöl qoidalarini özlari yaxşi bilmaydigan mutasaddilar, ularning noqonuniy körsatmalarini bajaradigan ayrim xodimlarning kasriga fuqarolar qonunlarda belgilangan huquqlaridan foydalana olmasdan, sudma-sud sarson bölib yurişi kerak? Nima uçun?
Kimdir javob beradimi şunga?
👉 @xushnudbek 👈
