Sud majlislarini onlayn kuzatiş imkoniyati

Matn20-may, 2019, 14:182 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Sud majlislarining videosi

Xabaringiz bormi, yöqmi, bilmadimu, 2018-yil sentabr oyidan boşlab online.sud.uz portalida ayrim sud majlislari translyatsiya qilib boriladi (hammasi emas). Istalgan kişi bemalol jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy işlar böyiça sud majlislarini tomoşa qilişi, unda bölayotgan jarayonlarni onlayn kuzatib borişi mumkin.

Yaxşi tomoni töğridan-töğri efir yakunlangaç, öşa sud majlisi video şaklida portalda saqlanib qoladi. Kelgusida ham arxiv bölimidan ularni tomoşa qiliş mumkin.

Bu interaktiv xizmat şaffoflik bilan bir qatorda barça fuqarolar, ayniqsa yuridik sohada tahsil olayotgan talabalar uçun, sud majlislarining ötkaziliş tartibi haqida jonli misol böla oladi va ularning bu boradagi huquqiy ongini oşiradi.

Keçki soat 11 da hokimiyatga majlisga çaqirilgan va mast holda maşina boşqargan fermer voqeasi

Portalni kuzata turib, bugun joylangan bir maʼmuriy işni tomoşa qildim. Unda Şerobod tumanida yaşovçi fermer akamiz mast holda özganing maşinasini işonçnomasiz boşqarib ketayotganda YPX xodimlari tomonidan töxtatilgan va maʼmuriy bayonnoma tuzilgan holat sud qilinibdi.

Sud majlisi jarayonida fermer akamiz voqeani izohlay turib, maşina haqiqatdan özganing nomida ekanligi, aniqroği denovlik fuqarodan maşinani sotib olganu, lekin hali öz nomiga rasmiylaştirişga ulgurmaganini aytdi.

Va yana öşa kuni öğlining tuğilgan kuni bölgani, uyiga mehmonlar kelgani va öşa ziyofatda alkogol içimligi içgani, lekin tungi 11 larda tuman hokimligiga zudlikda majlisga çaqirişgani va majlisga borişga majbur bölib qolgani, tuman hokimligi joylaşgan köçaga burilganda YPX xodimlari uni töxtatgani, aybiga iqrorligi va uni keçirişlarini söradi.

Sudya mavjud holatni örganib çiqib, fermer akamizni MJtK 131-moddasi 1-qismi (mast holda boşqariş) hamda 135-moddasi 1-qismi (işonçnomasiz boşqariş) bilan aybdor deb topdi. Va unga haydovçilik huquqidan 1 yilu 6 oy muddatga mahrum qilib, EKIH 15 baravari miqdorida (3 mln söm) jarima tayinlandi.

Sudya jarimani tayinlaşda javobgarlikni yengillaştiruvçi holatlarni inobatga oldi. Yaʼni mast holda maşina haydaganlik uçun 1 yilu 6 oydan 3 yilgaça jazo hamda 25 minimalka jarima belgilangan. Şundan kelib çiqib, sudya haydovçilik huquqidan mahrum qilişning eng kam muddatini, jarima jazosini esa belgilanganidan ham kamroq (25 emas, 15 minimalka) tayinladi.

Aytgança, maşinasini hujjatsiz haydaş uçun berib yuborgan şaxs ham 202 ming 730 söm jarimaga tortildi.

Lekin yarim keçasi fermerni hokimlikka majlisga çaqirganlarga heç qanday jazo belgilanmaydi 🤷‍♂️ Ana şunaqa.

Siz ham sud majlislarining videosini kuzatib turing, ança qiziq voqealarga duç kelasiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek