Boş prokuratura 5 kişining öldirilişi foş etilganini maʼlum qildi

Matn20-may, 2019, 08:422 daqiqa0 koʻrish

Manba:Bosh prokuratura

​​ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI BOŞ PROKURATURASI AXBOROTI

Avval xabar qilinganidek, fuqaro A.X. va uning oila aʼzolari (jami 5 nafar) jasadlari qotillik alomatlari bilan topilganligi holati yuzasidan Boş prokuraturaning Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi tomonidan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov-tezkor guruhi amalga oşirgan keng qamrovli tadbirlar natijasida jinoyat foş etilib, jinoyatni uşbu mahallada yaşovçi Ğ.T. (1981 y.t., işsiz), J.U. (1993 y.t., işsiz), Ş.E. (1995 y.t., işsiz) va X.N.(1996 y.t., işsiz)lar noqonuniy boylik orttiriş maqsadida joriy yilning 14-maydan 15-mayga ötar keçasi marhum A.X.ning xonadoniga yaşirinça kirib, ularning uxlab yotganligidan foydalanib, özlari bilan olib kelgan temir bölaklari bilan boş, yuz va jağ qismlariga bir neça marotaba urib, qasddan öldirib, xonadondan 22 mln. söm va marhum J.I.ning “Samsung Galaxy A8” rusumli telefonini qölga kiritişgan.

Şundan söng, ular jinoyat izlarini yaşiriş maqsadida marhum J.I.ga tegişli “Damas” rusumli avtomaşinaga jasadlarni yuklab, avtomaşinani Qöşrabot tumani, “Döstlik” MFY., “Boqiçiğatoy” qişloğidagi dalaga taşlab ketişgan.

Gumon qilinuvçilar Ğ.T., J.U., Ş.E. hamda X.N.larning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik körsatuvlari, gumon qilinuvçilarning körsatuvlarini hodisa joyida tekşiriş tergov harakatlari, aşyoviy dalil tariqasida olingan jinoyat qurollari bölgan 4 dona temir bölaklari, marhum J.I.ga tegişli bölgan “Samsung Galaxy A8” rusumli telefon apparati, marhumlarga tegişli bölgan pul mablağlari, jinoyat sodir etiş vaqtida gumon qilinuvçilarning egnida bölgan kiyimlari va boşqa dalillar majmui bilan töliq tasdiqlanmoqda.

19.05.2019-yilda Ğ.T., J.U., Ş.E. va X.N.lar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i” ,“p” bandlari bilan gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Foto: Dastlabki tergov davomida olingan aşyoviy dalillar

http://www.prokuratura.uz/uz_UZ/8684/

👉 @uzbprokuratura

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek