Ğazalkentdagi qotillik yuzasidan jinoyat işi qözğatildi
Ğazalkentdagi qotillik
2019-yil 28-fevral kuni soat 22:40 larda Böstonliq tumani IIB navbatçilik qismining xabariga köra, Böstonliq tumani, Ğazalkent şahri, Markaziy m.f.y., Çirçiq köçasi 34-uyda yaşagan 15.01.1980-yilda tuğilgan I.U.ning murdasi öz yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan.
Bundan taşqari, marhuma I.U.ning 03.11.2003-yilda tuğilgan farzandi A.U. tanasining turli joylarida kesilgan sançilgan oğir tan jarohatlari bilan topilib, tuman köp tarmoqli markaziy şifoxonasiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 01-mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a,j” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. uşbu jinoyatni sodir etişda gumon qilinib, 01.03.2019-yilda JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.
02.03.2019-yilda N.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari, 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda mazkur jinoyat işi böyiça Toşkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borişi ustidan Boş prokuratura tomonidan nazorat örnatildi.
Manba: @uzbprokuratura

