Pedagogika universiteti dekan örinbosari qamoqqa olindi
Talaba-qizga tegajoqlik qilganlikda ayblanayotgan Pedagogika universiteti dekan örinbosari qamoqqa olindi
Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.
Rasmiy xabarda aytilişiça, joriy yilning 18-oktabr kuni taxminan soat 16.00 larda 1984-yilda tuğilgan Yu.Bağibek özining xizmat xonasida 2001-yilda tuğilgan K.Muştaribonuning nomusiga tegmoqçi bölganda öziga boğliq bölmagan holatda jinoiy qilmişini oxiriga yetkaza olmagan. Söng jinoyatini yaşiriş maqsadida K.Muştaribonuni derazadan pastga itarib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) va 105-modda (qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Yu.Bağibekka nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.
«Tergov harakatlari davom etmoqda», - deyiladi rasmiy xabarda.
Şuningdek, mazkur voqea yuzasidan Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi ham bayonot berdi hamda uşbu holatga yöl qöygan universitet rahbariyati va masʼullariga nisbatan ham qatʼiy taşkiliy va intizomiy çoralar körilişini maʼlum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 😢 2


