Vaqt mashinasi ixtiro qilgan hokimlar
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan



Vaqt maşinasi ixtiro qilgan hokimlar
Özbekistonda ilm-fan rivojlanmagan deyişadi. Bölmagan gap! Mana, ayrim hududlarda vaqtni orqaga qaytaruvçi maşina ixtiro qilişibdi. Natijada hokimlar ötmişga oid qarorlar qabul qilişmoqda. Masalan:
➖ Taxiatoş tumani hokimi I.Matkarimov 5-oktabrda qaror çiqarib, Xalq deputatlari tuman kengaşining majlisini 4-oktabr kuniga çaqirgan. Hokim boşçiligida deputatlar vaqt maşinasi orqali ötmişga qaytib majlis ötkazişadi.
➖ Boysun tumani hokimi A.Jörayev 13-oktabrda qaror çiqarib, deputatlar majlisini 11-oktabrga çaqirgan.
➖ Böston tumani hokimi v.b. S.Nosirova esa 13-oktabrda qaror çiqarib, yana ham ötmişroqqa - 9-oktabrga deputatlar majlisini çaqirgan.
➖ Termiz tumani hokimi Ş.Örinov 25-oktabrdagi qarori bilan, deputatlar majlisini 21-oktabrga çaqiradi.
Hokimlar baraka topişsin, ilm-fanda bundan ham katta yutuqlarga erişişiga tilakdoşman.
P.S.: hokimlar deputatlar mahalliy kengaşlariga raislik qilaversa, şunaqa maynavozçiliklar hali köp davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

