Mirişkor tumani hokimiga işonçsizlik votumi bildirildi
Hokimga "işonçsizlik votumi"
ÖzLiDeP saytida «Inson qadr-qimmatini oyoq osti qilişga heç kimning haqqi yöq» nomli xabar eʼlon qilindi. Unda aytilişiça, Xalq deputatlari Mirişkor tumani kengaşidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yiğilişi bölib ötgan.
Yiğilişda deputatlar Mirişkor tuman hokimi B.Rajabov egallab turgan lavozimiga mutlaqo noloyiq deb hisoblaşlarini va tuman hokimi bilan boğliq masalani tuman sessiyasida körib çiqiş uçun kiritiş va unda uşbu masalaga nisbatan O‘zLiDeP deputatlik guruhining qatʼiy munosabatini bildiriş lozimligi borasida tegişli qarorni qabul qildilar.
Agar adaşmayotgan bölsam, bu deputatlar guruhi tomonidan hokimga işonçsizlik votumiga öxşaş munosabat bildirilayotgan Özbekiston tarixidagi ilk holat.
Agar qonunlarimizda deputatlarning hokimlarga işonçsizlik votumi kiritiş huquqi rasman tasdiqlab qöyilsa, vah-vah, jarayonlar ançayin qiziqarli bölardi. Tizimli islohotlar qilişda «biz hali tayyor emasmiz» degan gapni töğri kelsa-kelmasa işlataverdik, aslida köp özgarişlarni tezroq qilişimiz kerak, yöqsa 100-yildan keyin ham tayyor bölolmay ötib ketamiz.
Hokimlarni faqat Prezident tiyib turişi maqsadga muvofiq emas, jamoatçilikda va ularning saylab qöygan vakillarida ham aniq va konkret qonuniy riçag bölişi kerak (olov yoqiş yoki internetga çiqişdan boşqa). Şunda boşboşdoqliklar kamroq bölarmidi deymanda. IMHO.
Ha, aytgança, olingan maʼlumotlarga köra, ayni daqiqalarda Mirişkor tuman hokimi öz lavozimidan ozod etilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


