Mirişkor tumani hokimi bilan boğliq audio mojarosi

Matn3-mart, 2020, 09:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Boy jinoyat qilsa — şöxlik, kambağal şöxlik qilsa — jinoyat

Keça Mirişkor tumani hokimining mahalla raislarini sökkani va urgani haqidagi audio tarqaldi. Qaşqadaryo viloyati hokimligi bu ovoz haqiqatdan Mirişkor tumani hokimi B.Radjabovning ovozi ekanligini tasdiqladi.

«Bu borada içki tartibda çora köriş bilan çeklaniş ham mumkin edi. Ammo, qonuniy ravişda çora körilişi, "Nega oddiy xalq xato qilsa, jazo yoki jarima, hokim xato qilsa, keçirim-mi?" kabi tabaqalaştiruvçi gap-sözlar kelib çiqmasligi tarafdorimiz», - deyiladi viloyat hokimligi bayonotida.

Şuningdek, Boş prokuratura uşbu holat böyiça tekşiruvlarni boşlagani maʼlum qilindi.

Nima ham derdik, Özbekistonda jami 200 dan ortiq hokim bölsa, ularning barçasi sökmaydigan yoki kimnidir urmaydigan bölişi uçun kamida 200-yil kerak. Tarki odat amri mahol. Ammo haqorat qilgani yoki qöl kötargani uçun hokimlar ham ayovsiz jazo olişi kerak.

Bir narsa meni doim hayron qoldiradi. Qiziq-da, masalan hokim fuqarolarni söksa, qonun böyiça maʼmuriy jazo beriladi (maksimum 40 minimal jarima). Agar teskarisi, yaʼni oddiy fuqaro hokimni söksa, unda bu töğridan-töğri jinoyat böladi va hatto 1 yilgaça qamalişi ham mumkin. Qonunlarimiz nega bunaqa adolatsiz?

Haliyam men hokimlar haqorat qilgan holatlarda şunçaki köz yumilib, hatto öşa jarimani ham berişmayotgani haqida gapirmayapman. Şunçaki qonunlarimizdagi oddiy adolatsiz farqni aytyapman xolos.

Hokim kim? Xalqni pulidan oylik olib, aslida xalqqa xizmat qilişi kerak bölgan xizmatçimi yoki faqat Prezidentga xizmat qilişga bel boğlab, xalqni pisand qilmaydigan va öz hududida mutloq vakolatga ega bövolib (qonunan emas, oğzaki), özi xon, kölankasi maydon bölgan şahanşohmi?

Nega davlatning birdan-bir manbai bölgan xalq hokimtöralardan quyi örinda turişi kerak? Nega?

Yoki hokim haqorat qilgani uçun ham jinoiy javobgarlik belgilansin (axir u katta amaldor, uning harakati davlat imijiga putur yetkazadi), yoki aksinça oddiy fuqarolar hokimni haqorat qilgani uçun darhol jinoyatçi sifatida qaralmasin.

Hokimlar özini kim deb öylaydi? Ularsiz Özbekiston yöqmi? Yoki ularsiz jamiyat rivojlanmaydimi? Ularsiz yer aylanişidan töxtab qoladimi?

Sizlar oddiy xizmatçisizlar. XALQ XIZ-MAT-ÇI-SI! Tamom. Barçangiz şunaqasiz, viloyat hokimi ham, şahar va tuman hokimlari ham.

Sizlar bor bölganingiz uçun xalq bor emas, aksinça xalq borligi uçun Sizlar borsiz. Prado yoki Taxoye degan maşinalarni xalq mindirib qöygan Sizga. Xalqning peşona teri bilan topgan pullaridan tölagan soliqlari tufayli kerilib hokimlik qilib yuribsiz.

Gapirtirsa, köpçilik hokimlar bir xil plastinkani aylantirişadi: iş köp, uxlaşga ham vaqt yöq, 1 daqiqa tinim bilmay mehnat qilyapmiz, soğliğimizni yöqotyapmiz va h.k. Lekin bu birortangizga xalqni, fuqarolarni haqorat qiliş, ularga qöl kötariş huquqini bermaydi. Agar şunaqa huquqim bor deb öylasangiz, bekorlarni beştasini aytibsiz.

Albatta hamma hokimlar ham sökonğiç emas, hamma hokimlar ham qöl kötarmaydi. Umuman heç kimni haqorat qilmasdan yoki urmasdan öz hududini gullatayotgan hokimlar ham yöq emas. Ularga ming rahmat, baraka topişsin, ilohim. Ammo ular ançayin kam.

Miyani emas, til va qölni işlatsam, zör hokim bölarkanman, deb öylaydiganlari ança köproq, ming afsuski. Yuqorida aytganimday, barça hokimlar aqlli bölişi uçun 200-yil keragov...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek