Arzon uylar va subsidiyalar örtasidagi farq tuşuntirildi

Matn2-mart, 2020, 16:112 daqiqa0 koʻrish

Manba:Davlat xizmatlari yangiliklari

#DIQQAT!

Arzon uylar DXM orqali berilişi boşlanmadi – bu umuman boşqa masala!

Hurmatli fuqarolar, maʼlumki Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF–5886-son Farmoniga muvofiq 2020-yil 1-martdan boşlab DXMlar yoki my.gov.uz portal orqali fuqarolarga subsidiyalar beriş uçun ariza qabul qiliş nazarda tutilgan.

❗️Subsidiyalar maʼlum toifadagi fuqarolar uçun uylarni BOZOR NARXIDA xarid qilişga beriladi. Yaʼni, arzon uylarga heç qanday aloqasi yöq.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qaroriga asosan 2017 – 2021-yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi doirasida talabgorlarni tanlaş böyiça tuman (şahar) hokimligi huzuridagi komissiya subsidiya tayinlaş bilan şuğullanmaydi.

❗️Lekin, Farmon çiqişi bilan arzon uy-joylar dasturi yopilmagan! Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari böyiça qonunçilikda özgartiriş kiritilmagan. Şu sababdan, ADAŞTIRIŞ KERAK EMAS.

Arzon uy-joy uçun NAVBATlaringiz DXMlar orqali özgartirilmaydi,

Markazni bu masalaga aloqasi yöq. Mazkur masalada mahalliy hokimiyatlarga murojaat etiş lozim.

Endi subsidiya haqida qisqaça:

Farmonga köra uşbu subsidiyalar kam taʼminlangan va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan şaxslarga ipoteka krediti böyiça dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplaş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablağlari hisobidan tölanadi.

❗️Farmonda subsidiya tölaş sxemasi körsatib ötilgan.

Biroq, subsidiya tayinlaş uçun fuqarolar aniq mezonlar doirasida tanlab olinadi va ulardan ariza bilan birga maʼlum hujjatlar jamlanmasini taqdim etiş talab qilinadi.

Uşbu MEZONLAR, aniq muddatlar va tasdiqlovçi HUJJATLAR jamlanmasi Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlanişi kerak va ŞUNDAN SÖNGGINA (❗️❗️❗️) uşbu xizmat töliq işga tuşiriladi.

Biroq, hozirda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Markazlarda ariza qabul qiliş imkoniyati yölga qöyildi.

Qaror qabul qilingandan keyin subsidiya oluvçilarni tanlab oliş mezonlari tasdiqlanadi. Faqat qaror çiqişini kutiş kerak.

Tuşunişingizni söraymiz!

P.S. Subsidiyani tölaş mezonlari tasdiqlanganidan söng, https://t.me/davxizmat rasmiy kanalimizda bu haqida zudlik bilan maʼlumot joylaştiriladi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek