Tadbirkorlarning niqob eksportiga tösqinlik qilinmoqda

Matn1-mart, 2020, 10:222 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Rus tilida bitta söz bor “gibkost”. Özbek tilida kontekstdan kelib çiqib tarjima qilinadi. Iqtisodiyot turli özgarişlarga qança moslaşuvçan, yaʼni “gibkiy” bölsa, şunça yutadi. Butun dunyoda tibbiyot niqoblariga talab keskin ösgan, Xitoyda işlab çiqariş ölgan paytda, tadbirkorlar bozordagi böşliqni töldirişga harakat qilişi, şu bahona bir-ikki söm işlab olişi tabiiy hol. Bu axloq nuqtai nazaridan neçoğli töğri — elliginçi masala.

Bizdagi maʼlumotlarga köra, vodiy viloyatlarida, Toşkentda tikuvçilik, gigiyena vositalari işlab çiqaradigan juda köplab korxona va tsexlar şu kunlarda ommaviy ravişda tibbiyot niqobi işlab çiqarişga kirişişgan. Qiziq tarafi, uşbu mahsulotlarga asosiy bozor baribir Özbekiston emas, balki qöşni mamlakatlar, şu jumladan, Xitoy. Qöşimça işçi kuçi yollaşmoqda.

Bojxona qömitamizning oğzini töldirib aytişiça, “çetda qayta sotiş rejalaştirilgan” qariyb 670 mln sömlik tibbiy niqoblar aniqlanib, qölga tuşirilibdi. Eksportni köpaytiriş haqida kuniga ikki marta majlis ötkazilayotgan bir paytda qömita şunaqa tadbirkorlarga teginmasligi, juda vijdoni qiynalsa, sifat sertifikatini ham özi olib berişi kerak, aslida. Lekin bular “gibkiy” tadbirkorlar yöliga tösiq bölib, arzimagan sabablar bilan xalaqit berişmoqda. 670 mln sömlik öşa maskalar kamida 1 mlrd sömga sotilar edi. Öşa pul oxir-oqibat qayerga ketar edi? Katta-katta boylarimizdan farqli ölaroq, bu tadbirkorlarning pullari Özbekistonga keladi.

Qaçon işsizlik kamayadi? Qaçonki, davlat idoralari odamlarimizga xalaqit bermasa. Tibbiy niqob oltinmidi? Yoki uranmidi? Ana boring, Özbekistonda eksporti taqiqlangan mahsulotmidi? Albatta, Bojxona qömitasi ertaga yana özini oqlab, bir dunyo izoh yozib çiqadi yoki umuman, bunday fikrlarimizni qoralab çiqadi.

Nima demoqçimiz? Yordam bera olmasak, qöllab-quvvatlay olmasak, eksportni köpaytira olmasak, balki ularga şunçaki teginmasmiz. Qayerdadir 3 söm zarar qilsak, 15 söm foyda qilişimizga işonamiz. IMHO, albatta. http://bojxona.uz/uz/news/view/3624

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek