Içki işlar vazirligining noqonuniy qurilmalar böyiça eslatmasi

Albom29-fevral, 2020, 19:461 daqiqa0 koʻrish

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning eslatmasi.

“Sönggi vaqtlarda aholi tomonidan suğoriladigan yerlardagi noqonuniy qurilmalarni buziş avj olayotgani uçun norozilik kayfiyati uyğonişiga sabab bölayotgani sababli hududiy içki işlar boşqarmalaridan quyidagilarga qatʼiy amal qiliş talab etiladi:

1) muammoli vaziyatlar hokimiyat va mahallalar tomonidan oldindan muzokaralar ötkazilib, hal etilganligiga qatʼiy işonç hosil qilgandan keyin joylarga çiqiş;

2) joylarda hokimiyat vakillariga fuqarolar bilan muloqot jarayonida hurmatsizlik qilmasliklarini, noörin va qöpol munosabatda bölmasliklarini tuşuntiriş, aks holda, özlariga nisbatan qonuniy tartibda çora körilişi bilan qatʼiy ogohlantiriş;

3) aholi va hokimiyat vakillari örtasida ziddiyatlar vujudga kelişi mumkin bölgan har qanday harakatni avvaldan bartaraf etiş çoralarini köriş;

4) xodimlarning aholi va hokimiyat vakillari bilan bölgan munosabatlarida biryoqlamalikka, şuningdek, hissiyotlarga beriliş kabi holatlarga yöl qöymaslik”.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek