Öquvçining taşqi körinişiga qöyilayotgan talablar muhokamasi

Matn26-fevral, 2020, 19:252 daqiqa0 koʻrish

Nima muhimroq: öquvçining taşqi körinişi yoki taʼlim sifati?

Kuni keça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan regulation.gov.uz portaliga Nodavlat taʼlim xizmatlari körsatiş sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş tartibi töğrisida nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qaror loyihasi joylaştirildi.

Hujjatdagi bir qator muhim jihatlar keng jamoatçilikning muhokamasiga sabab bölgani uçun “Yuksaliş” umummilliy harakati mazkur masala yuzasidan öz munosabatini bildirdi.

Jumladan, munosabatda şunday deyiladi:

“Birinçidan, taʼlim sifatiga, eng avvalo, pedagog kadrlarning va xizmat körsatuvçi personalning malakasi, öquv dasturining samaradorligi, zarur resurslar va kerakli moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganligi kabi omillar taʼsir körsatadi. Uşbu jarayonlarga öquvçining taşqi körinişi qanday taʼsir ötkazişi mumkin? Loyiha taşabbuskorlarida maktab öquvçisining “imijiga” qöyilayotgan talablarni tasdiqlovçi ötkazilgan tadqiqot natijalari yoki boşqa faktlar mavjudmi?

Ikkinçidan, nodavlat taʼlim muassasalari öquvçilarining taşqi körinişiga qatʼiy talablar qöyilişi bolalarning tanlaş va özini ifoda etiş erkinligini çeklaşga olib keladi. Ular özlari istaganiça kiyiniş huquqiga egadirlar, albatta, umumiy qabul qilingan axloqiy meyorlar doirasida. Bolalarni tanlaş imkoniyatidan va özini ifoda etiş imkoniyatidan mahrum etiş orqali ularning ruhiyatiga zarar yetkazib qöyiş va umuman taʼlim tizimiga nisbatan nafrat uyğotiş mumkin. Talabaning taşqi körinişini huquqiy jihatdan tartibga soliş qançalik töğri?

Umid qilamizki, hujjat taşabbuskorlari qonunçilikka kiritilişi taklif etilayotgan uşbu özgarişlar yuzasidan asoslantirilgan sabablar taqdim eta oladilar”.

“Yuksaliş” munosabatining batafsil matnini quyida öqişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek