Propiskaga oid yangi qaror loyihasi muhokama qilinmoqda
Propiskaga oid qaror loyihasi: soddalaşyaptimi, qiyinlaşyaptimi?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga Içki işlar vazirligi tomonidan «Özbekiston Respublikasi fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy va vaqtinça propiska qiliş tartibini yanada soddalaştiriş töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Garçi qaror loyihasi nomi «propiska qiliş tartibini yanada soddalaştiriş» deb nomlangan bölsa ham, lekin aslida propiskaga oid hozirgi mavjud tartibning köçirmasi bölgan xolos, xalq uçun, ayrim kiçik holatlarni hisobga olmaganda, birorta aytişga arzigulik yengillik berilmayapti. Şunçaki propiskaga oid bir neçta qaror va yöriqnomalarni bittada birlaştirişmoqçi şekilli.
Aksinça, qaror loyihasiga qarasak, ayrim bandlar aksinça hozirgidan oğirlaştirilmoqda. Masalan, bugungi kungaça 2-band bilan propiskaga kirib, 3 yildan keyin uy sotib olganlar arizasiga asosan 1-bandga ötişi mumkin edi (amaliyotda pasport stoldagilar köra bila turib, buni tan olmay, odamlarni sarson qiladi lekin).
Taklif etilayotgan loyihada mana şu huquq olib taşlanmoqda. Bu tartibni faqatgina 5, 9 – 11-bandlar uçun qoldirib, 2-bandni çiqarib taşlaşmoqçi.
Özi 2-band boşidanoq bu röyxatda yöq edi, 2018-yil 13-avgustdagi özgarişlar bilan qöşilgandi. Ammo 1 yil ötar-ötmas, uşbu yengillikni yana qaytarib olib qöyişmoqçi. Qiziq, juda qiziq...
Xolislik uçun aytay, loyihada bevosita jarayon bilan boğliq ayrim yangiliklar ham yöq emas. Masalan, doimiy yoki vaqtinçalik propiskaga hujjatlarni Toşkentdagi istalgan pasport stolga (aynan öşa tuman böliş şart emas) yoxud Davlat xizmatlari markaziga topşiriş mumkin böladi.
Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanişişingiz va 25-avgustga qadar takliflaringizni berişingiz mumkin (jamoatçilik fikri inobatga olinadimi, yöqmi, bunisiga kafolat bermayman):
https://regulation.gov.uz/uz/document/5445
Bilmaganlar uçun eslatma:
1 va 2-band örtasida yaxşigina farq mavjud.
Birinçidan, 1-band bilan propiska kirganlar öz nomiga istalgan vaqtda uy-joy sotib olişi mumkin, 2-band bilan kirganlar 3 yil içida uy ololmaydi.
Ikkinçidan, 1-band bilan kirganlar töğri şajara böyiça istalgan yaqin qarindoşlarini (bobo-buvi, ota-ona, farzandlar, nabiralar, turmuş örtoği) doimiy propiskaga olib kira oladi. Ammo 2-band bilan kirganlar faqat turmuş örtoği hamda öz oilasiga ega bölmagan voyaga yetgan bolalarini olib kirişi mumkin. Yaʼni 2-band bilan kirganlar hattoki istalgan farzandini ham propiskaga olib kirişga haqqi yöq.
Köpçilik propiska rejimi aholini ikki toifaga (propiskali va propiskasiz) bölib qöygan, ularning huquqlari bir-biridan farq qiladi, deb öylaydi. Aslida ahvol bundan ham battarroq. Hatto öşa Toşkent propiskasi bor fuqarolarning özi ham bir neçta toifalarga bölinib ketgan, birida bor huquq va erkinliklar, boşqasida yöq. Ğazabim qöziydi, şu ahmaqona tizim haqida öylasam...
👉 @xushnudbek 👈


