Öqişga kirgan kunim: Xuşnudbek Xudoyberdiyev xotiralari

Matn19-avgust, 2019, 10:283 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

ÖQIŞGA KIRGAN KUNIM
(#abituriyent'lik davrimni eslab)

Oramizda talaba bölganlar mandat kunini unutmasa kerak, çamamda. Mening ham xotiramda bu kun bir umr muhrlangan.

2006-yil. Yuridik institutga hujjat topşirganman. Imtihonlar ötdi. Savollarga bir amalladim, xullas. 200 ballga yaqinlaşganimga işonçim komil. Kirgan-kirmaganimni bilmayman ammo.

Mandatni kutiş boşlandi.

Öşa paytlarda har yili Ippodrom bozorida savdo qilardim. Avgust oyida kanstovar sotardim. Imtihondan keyin savdoga tuşib ketdim.

Mandatni kutiş davom etmoqda.

Har yili javoblar 10-avgustda çiqardi. Bizni yilga kelib, 10-avgustda çiqmadi. 11, 12, 13, 14... Javoblar yöq.

U paytda 5100 ga SMS yuboriş, DTM saytidan köriş, CLICK xizmatidan biliş degan narsalar yöq edi. Borib, körib kelardik har kuni. Aniqroği, men savdoga çiqib ketardim, har kuni ertalab ayajonim Çilonzordan Yunusobodga borib, körib kelardilar.

U paytlarda mobil telefon degan narsalar ham yöq edi. Aniqroği, menda yöq edi. Faqat dadam tutardilar xolos.

Aniq esimda, 2006-yil 16-avgust. Tong sahardan savdoga çiqqanman. Ayam yana Yunusobodga ketganlar. Savdo qilib ötiribman-u, bor xayolim mandatda. Nima bölarkin? Kirdimmikin? Neça ball oldim ekan? Neçtadan işladim ekan? Va h.k.

Soat 11 lar atrofida edi, adaşmasam. Uzoqdan dadamning kelayotganlarini kördim. Aytgança, öşa vaqtda dadam ham Ippodromda savdo qilardilar.

Dadam yaqinlaşyaptilar-u, men hayajonlanayapman. 40 qadam, 30 qadam, 20 qadam, 10 qadam...

Dadam men savdo qilayotgan rastaning yoniga kelib, qöllarini uzatdilar: «Öğlim, öqişga kiribsan, tabriklayman! Rahmat, senga». Böldi, boşqa gap aytmadilar. Yana ortga qayrilib ketdilar. Öşa paytda etlarim jimirlab ketdi. Ğalati bir hissiyot çulğab oldi tanamni. Qandaydir ğalati. Qandaydir ajoyib.

Birdan esimga tuşib qoldi. Kontraktmi, byudjetmi? Dadam biroz uzoqlaşgandilar. Xuddi şu savolni berdim: «Dada, kontraktmi, byudjetmi?».

Dadam ortlariga qaradilar-u, «Kontrakt, öğlim. Buyoği sening işing emas» dedilar.

Özimça sal xafa böldim. Şuuunça öqib, kontraktga kiramanmi endi, deb öylardim özimça. U paytlarda ayrim sabablarga köra, budjet dahşatli darajada baland bölardi ))

Eng qiziği nima bölgan aytaymi? Öşa vaqtda menda ikkita xaridor savdo qilayotgandi. Biri yoşroq talaba yigit, ikkinçisi bir ayol.

- Öqişga kiribsizmi? - deb söradi ayol.
- Ha, - dedim oğzim quloğimda.
- Qaysi öqişga?
- Yuridiçeskiyga.
- Vo, zör-ku. Unda suyunçisiga pul bermasak ham bölarkan-da?
- Albatta!

Xullas, öqişga kirganligim haqidagi xuşxabarga guvoh bölgan ikki xaridor tekinga savdo qilgandi mendan. Rostini aytsam, neça pullik narsa olganini eslolmayman. Lekin şu narsa aniq esimda-ki, ikkala xaridor ham narsalarini olib bölgan, hisob-kitob qilayotgandim. Talaba yigit tekin olgan narsasiga rozi bölib, rahmat aytib ketdi. Ammo haligi ayol «Voy, aytgança, bizga mana bu narsa ham kerak edi» deb yana u-bu narsa qöşib olgandi ))) Yöq-yöq, men aslo norozi emasman. Mingdan-ming roziman. Şunçaki, esimda qolib ketgani uçun aytdim-da...

Xullas, şunaqa gaplar. Mandat kuni özim bormaganman. Ayam borgan. Ayam dadamga telefon qilgan. Men esa dadam orqali eşitganman.

Qissadan hissa şuki, 2006-yilda 190,0 ball bilan Toşkent davlat yuridik instituti talabasi bölgandim. Tarixdan 30 ta, ona tili va adabiyotidan 31 ta, ingliz tilidan 29 ta savolga töğri javob berganman.

Joriy yilda talabalik baxtiga erişgan va erişadigan barça-barçani çin qalbdan tabriklayman! Ilohim, yurtimizga, vatanimizga foydasi tegadigan malakali mutaxassis bölib yetişiş nasib qilsin.

Siz ham talaba bölgan kuningizni eslaysizmi? Xotiralaringizni biz bilan örtoqlaşing.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek