Nima uçun joriy yilda kiriş ballari baland
Nima uçun joriy yilda ballar oldingi yildan birmunça baland?
#abituriyent
Köpçilik şu haqida fikr bildirişimni söraşmoqda. Avvalo hali ballar qay darajada kötarilgan yoki yöq, buni yakuniy mandat çiqqanda bilib olişimiz mumkin. Çunki hozir mandat.dtm.uz saytidagi kiriş ballari yakunda bir neçta faktorlar evaziga birmunça pasayadi. Qaysidir yönalişda ozgina, qaysidir yönalişda yaxşigina seziladi bu.
Ammo baribir umumiy olganda joriy yilda ballar kötarilişi mumkin va mening şaxsiy fikrimça, bunga quyidagi omillar sabab:
Birinçidan, joriy yilda kollej/litsey bitiruvçilari bilan bir qatorda maktablarning 11-sinfini tugatgan 300 ming atrofidagi öquvçilar ham öqişga hujjat topşirdi. Bu öz-özidan ballarning oşişiga taʼsir qiladi. Yaʼni öşa 300 ming bitiruvçining, ana boring, 10 foizi haqiqatda bilimli aʼloçilar bölgan deb faraz qilsak, taxminan 30 ming öquvçi ballarni avvalgi yillardan sezilarli oşişiga taʼsir qiladi. Mantiqan olganda ham qança köp odam raqobat qilsa, ehtimollar nazariyasi böyiça ular orasida bilimlilar ham şunça köp böladi;
Ikkinçidan, joriy yilda uçta yönalişni tanlaş imkoniyatini berişdi. Bu ballarga taʼsir qilişini avval ham aytgan edim. Masalan, ötgan yili Şarqşunoslik institutining “Tarix” yönalişidan 164 ball bilan yiqilganlar bölgan. Lekin Andijon davlat universitetining “Tarixiga” 100 ball bilan öqişga kirişgan. Joriy yilda öşa 164 ball olganlar behudaga kuyib qolişmaydi, ular boşqa yönalişlarga öz bali bilan kerak bölsa byudjetga kirişadi. Bu esa ballar orasidagi katta tafovutni birmunça yöqqa çiqaradi va ball kötarilişiga ham turtki böladi;
Uçinçidan, testga kirganlar savollar yanada oson va soddaroq tuzilganini aytişmoqda, bu ham ballga bevosita taʼsir qiladi. Şuningdek, savollar namunalari axborotnoma şaklida hamda gazetada çop etib borilgani ham abituriyentlar işini birmunça osonlaştirdi (kimyodan savollar alohida muhokama talab qiladigan masala);
Törtinçidan, ötgan yili ilk marta katta pavilyonlarda yangiça tartibda test ötkazilgandi. Öqişga kiritiş industriyasi vakillari ötgan yili biroz dovdiradi. Natijada qinğirliklar nisbatan kam böldi, köp narsani öxşata olişmadi. Ammo ular 1 yil mobaynida yaxşigina tayyorgarlik körişdi, qinğirlikning yangidan-yangi yöllarini öylab topişdi va ötgan yilgidan ança muvaffaqiyatli işlaşganini taxmin qiliş mumkin. Boz ustiga oldindan vaʼda qilingan barmoq izlarini aniqlaş, mobil aloqani tösiş qurilmalari kutilganiday işlamadi. Aynan mana şu omil ham ballarni kötarilişiga sabab böladi;
Beşinçidan, ötgan yilgi tizimdan keyin köpçilikda öqişga bölgan işonç va iştiyoq birmunça oşdi hamda jiddiyroq tayyorlanişdi, bu esa abituriyentlar saviyasining birmunça ösişiga taʼsir qildi (bunisi ballar ösişiga eng kam taʼsir körsatgan faktor bölsa kerak).
Xullas, joriy yilda mana şu omillar tufayli ballar ötgan yilgidan biroz balandroq bölişi kutilmoqda. Lekin yana ham eng aniğini yakuniy natijalar çiqqandan keyin bilib olişimiz mumkin böladi.
Albatta, bularning barçasi IMHO.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

