Özbekistonda öqişga kiriş ballari tahlili

Matn17-avgust, 2019, 17:323 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Özbekistonda talaba böliş qiyinmi?

Har doim taʼlim tizimidagi sifat qoniqarli darajadan ham pastga tuşib ketgani meni xavotirga soladi.

Masalan, kiriş ballarini tahlil qilar ekanmiz, haqiqiy ahvol köz oldimizda namoyon böladi. Yuqoridagi videoda 2014-2017-yillardagi kiriş ballari tahlil qilingandi, ammo öşa yillarda savollar öta qiyin bölganligi, şu sababli kiriş ballari pasayib ketgan bölişi mumkinligini hisobga olib, xolislik uçun 2018-yilgi ballarni ham tahlil qildim.

Ötgan yili ilk marotaba barça testlar katta pavilyonlarda böldi va korrupsiya holati keskin kamaydi (100% emas). Savollar ham sodda va oson tuzildi. Buni hamma taʼkidladi, heç kim inkor qilmasa kerak.

Xöş, ana şunday şaroitda kiriş ballari qanday böldi?

Özgariş unçalik katta emas. Haliyam kiriş ballari ança past.

TÖLOV-KONTRAKT BÖYIÇA

Jami 1753 ta yönaliş tahlil qilindi.

Şundan 1316 ta, yaʼni 75,1% yönalişga kiriş bali 100 balldan past bölgan. Tasavvur qilyapsizmi, atigi 100 ball töplab, 75%dan köproq yönalişga kirişgan!

100 ball ham köpmi? Mayli, unda sal pastroqqa tuşamiz. Atigi 90 ball töplab 1173 ta (66,9%) yönalişga kiriş mumkin bölgan. Mingtadan oşiq!

90 ball ham baland desangiz, unda atigi 80 ball töplab, 2018-yilda 971 ta (55,4%) yönalişga kirişgan. Yaʼni barça yönalişlarning yarmidan köpida kiriş bali 80 balldan past bölgan! YARMIDAN KÖPIDA!

70 ballçilar ham xafa bölişmagan. 678 ta (38,7%) yönalişda 70 balldan kamroq töplab, talaba böliş baxtiga muyassar bölişgan.

Yuqori bilim talab etiladigan yönalişlar soni esa köp emas. Masalan, kontraktga kiriş bali 150 balldan yuqori bölgan yönalişlar soni atigi 22 ta, yaʼni 1,2% xolos.

150 ni qöya turing, yana ham pastga tuşamiz. Kiriş bali 130 balldan yuqori bölgan yönalişlar soni 137 ta, yaʼni atigi 7,8%.

Hali bu savollar oson bölganda şunaqa. Sal qiyinroq bölsa, raqamlar yanada pastga tuşadi.

DAVLAT GRANTI BÖYIÇA

Köpçilik öylaydiki, byudjetga kiriş uçun juda köp öqiş kerak, vunderkind, geniy böliş kerak deb. Ammo raqamlar tahlili boşqa narsani taʼkidlamoqda.

Jami 2230 ta yönaliş tahlil qilindi (viloyatlar böyiça maqsadli qabul hisobiga budjet soni kontraktdan köproq).

Byudjetga uçun kiriş bali 150 balldan yuqori bölgan yönalişlar soni 238 ta, yaʼni 10,7%.
Demak, 90% yönalişga byujetga kiriş uçun bemalol 150 balldan pastroq töplasa ham böladi.

Pastdan kelamiz. 1025 ta (46%) yönalişga byudjetga öqişga kiriş uçun 100 balldan pastroq töplasa ham kifoya bölgan. Yaʼni Siz 99,9 ball olsangiz, 2018-yilda mingdan ortiq yönalişga byudjetga kirişingiz mumkin bölgan.

Yanada pastga tuşsak, 423 ta (19%) yönalişga byudjetga kiriş bali 80 balldan past bölgan.

Örtaça bilimli abituriyent 130 ball olişi mumkin, deb hisoblasak, 2018-yilda 1679 ta, yaʼni 75,3% yönalişga byudjetga kiriş bali 130 dan past bölgan.

Xullas, raqamlardan köriş mumkinki, Özbekistonda öqişga kiriş juda unaqa qiyin va murakkab iş emas. Töğri, butun dunyoda bölgani kabi ayrim nufuzli yönalişlarda (yurisprudensiya, tibbiyot, iqtisod) ballar har yili baland böladi, ularga kiriş uçun hammadan köproq öqiş kerak. Ammo umumiy olganda salgina öqigan abituriyent minglab yönalişlarga qiynalmasdan hatto byudjetga kira oladi.

Imtihonlardagi korrupsiyaga qay darajada tiş-tirnoğim bilan qarşi bölsam, öz navbatida xuddi şunday iştiyoq bilan yoşlarning yaxşiroq öqişini istayman.

Faqat bitta asosiy fanni (3,1 ballik) yotvolib öqib, qolgan 2 ta fanni öqimasdan, faqat “A” qilib tavakkal belgilab çiqsa ham 100 balldan oşiriş mumkin.

100 ball esa Özbekistonda 75%dan köproq yönalişga kontrakt, 46% yönalişga byudjetga kiriş uçun yetarli. Yana nima kerak Sizga, hayronman...

Öqiylik, iltimos, öqiylik...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida so'rovnoma

    01 daqiqa

Yana oʻqing