Uçta yönalişda ballar qanday hisoblanişi haqida

Matn15-may, 2019, 18:032 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Agar uçta yönalişda fanlar ketma-ketligi boşqaça bölganda ballar qanday hisoblanar edi?

Joriy yildan boşlab uçta yönalişni tanlaş imkoniyati yaratiladi. Bu şubhasiz, juda quvonarli yangilik albatta. Buning foydasi haqida mana bu yerda eslatgandik.

Lekin biz eʼlon qilgandek, fanlar ketma-ketligiga qaralmaydigan qoida hozirça mavhumligiça qolmoqda. Katta ehtimol bilan yakunda yönalişlar tanlaşda fanlar ketma-ketligini talab qilişsa kerak. Mayli, ilgari şu ham yöq ediku.

Masʼullar bunga izoh berar ekan, fanlar ketma-ketligiga qaralmasa, abituriyent töplagan ball turliça bölib qolişi, bu esa muammoni yuzaga keltirişini aytişibdi. Ammo bu texnologiyalar rivojlangan bir paytda mutlaqo muammo emas. Xöş, ketma-ketlikka rioya qilinmasa, natija qanday hisoblanar edi?

Bunda abituriyentning natijalari uçala yönaliş böyiça alohida ball sifatida eʼlon qilinardi. Çunki agar fanlar ketma-ketligi mos bölganda edi, umumiy - bir xil ball çiqardi. Lekin fanlar ketma-ketligi turliça bölsa, umumiy ball çiqarişning imkoni yöq.

Keling tuşunarli bölişi uçun, yuridik yönalişlar misolida körib çiqamiz. Qiziq tomoni, Özbekistondagi yuridik yönalişlar uçun test sinovi 3 xil fanlar majmuasi böyiça ötkaziladi.

TDYUU uçun:
Ona tili va adabiyot – 3,1
Çet tili – 2,1
Tarix – 1,1

JIDU (xalqaro huquq) uçun:
Tarix – 3,1
Çet tili – 2,1
Ona tili va adabiyot – 1,1

QDU (yurisprudensiya) uçun:
Tarix – 3,1
Ona tili va adabiyot – 2,1
Çet tili – 1,1

Abituriyent mana şu uçala yönalişni tanladi deylik. Testda quyidagiça natija körsatdi:

Tarix – 25 ta töğri javob;
Ona tili va adabiyot – 20 ta;
Çet tili – 15 ta.

Demak, uşbu abituriyentga ertasi kuni töplagan ballari quyidagiça körinişda eʼlon qilinadi:

TDYUU – 121 ball (20x3,1 + 15x2,1 + 25x1,1);
JIDU – 131 ball (25x3,1 + 15x2,1 + 20x1,1);
QDU – 136 ball (25x3,1 + 20x2,1 + 15x1,1).

Va uşbu abituriyent xuddi şu ballar böyiça tanlovda iştirok etadi. Yaʼni 121 ball TDYUUga kiriş uçun yetarli bölsa, unga kiradi. 131 ball JIDUga yetarli bölsa, u yerga kiradi. Agar mabodo ikkalasidan ham yiqilsa, keyin 136 ball bilan QDUga qaraladi.

Bularning barçasi qölda hisoblanmaydiku, xavotir olmasa ham böladi, aqlli kompyuter bir pasda joy-joyiga qöyib beradi. Faqat xohiş va istak bölsa kifoya. Balki joriy yildan ham şunaqa qilişar, balki keyingi yildan bu tizimga ötişar. Har holda keyingi yildan barça yönalişlarga bir xil B2 sertifikat talab qilinadiku, çet tili masalasida ham muammo yuzaga kelmaydi.

Aytgança, agar fanlar ketma-ketligiga qaraş talabi qöyilsa, unda huquqşunos bölmoqçi bölgan abituriyentlar uçta yuridik yönalişni tanlay olişmaydi. Çunki ularda fanlar joylaşuvi turliça.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida sörovnoma

    01 daqiqa

Yana oʻqing