Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqişning yangi tizimi
Murojaatlarning sarson bölişi haqida
Bugun «Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmoni eʼlon qilindi.
Farmonga köra, Boş vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari taşkil etiladigan böldi.
Endilikda Boş vazir murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlik subyektlarini, şu jumladan, çet ellik investorlarni doimiy asosda şaxsan qabul qiladi.
Hujjatda yana köp yaxşi jihatlar tilga olingan, masalan, tadbirkorlarga möljallangan “business.gov.uz” yagona interaktiv portali işlab çiqiladigan bölibdi va h.k. Ayniqsa tadbirkorlarga tanişib çiqişni maslahat beraman.
Şuningdek, farmonda “qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan şikoyat qilinayotgan taşkilotlarning mansabdor şaxslariga murojaatlarni körib çiqiş uçun asossiz topşiriş taqiqlanadi” deya belgilangan.
Eʼtiborimni tortgan joyi, aksariyat OAVlar farmonning ayni şu qismini muhim yangilik sifatida sarlavhalarga çiqarmoqda.
Aslida bu heç ham alohida muhim yangilik emas. Özbekistonda «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi qonun bor. Bu – qonun!
Uning 25-bandida quyidagiça qoida belgilangan:
«Murojaatlarni körib çiqiş uçun asossiz ravişda boşqa davlat organlariga, taşkilotlarga ötkaziş yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyat qilinayotgan organlarga, taşkilotlarga yoki mansabdor şaxslarga yuboriş taqiqlanadi».
U xoh tadbirkor bölsin, xoh heç qayerda işlamaydigan bekorçi bölsin, farqi yöq, heç kimning murojaati quyiga, yaʼni ustidan şikoyat qilinayotgan taşkilotga yoki mansabdor şaxsga yuborilişi mumkin emas. Tamom.
Ammo amalda qanday? Tumandagi rahbarning ustidan arz qilib respublikaga yozsangiz, murojaatingizni respublika viloyatga, viloyat yana öşa tumandagi taşkilotning öziga "adolatli örganib, hal qiliş uçun" qaytarib jönatadi. Qarabsizki, taqdiringiz yana öşa zolimning qölida qoladi.
Buni rahbarlar ham yaxşi biladi. “Qayerga yozsang, yozaver, baribir şikoyating özimga qaytib keladi, öşanda kuningni körsataman” degan kayfiyatda yurişadi.
Yoki murojaatingiz kamida Toşkent şahar va Mirobod tumani hokimliklari orasida mana bunday “koptok” bölgani kabi sarson böladi.
Aslida Amerikani qayta kaşf qiliş şart emas, şunçaki qonunlarimizda yozilgan qoidalarga qatʼiy amal qilsak böldi, ularda deyarli hamma ajoyib qoidalar yozib qöyilgan allaqaçon.
👉 @xushnudbek 👈
