Uçta yönalişni tanlaş tizimidan maqsad nima

Matn14-may, 2019, 21:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⁠Uçta yönalişni tanlaş tizimidan maqsad nima?

Joriy yildan boşlab abituriyentlarga fanlar majmui bir xil (ketma-ketligi mos) bölgan 3 ta yönalişga hujjat topşiriş imkoniyati berilişi rasman tasdiqlandi.

Yana bir jihati 3 ta yönalişni albatta uçta OTMda tanlaş şart emas. Uçala yönaliş ham bitta OTMda bölişi mumkin. Masalan, bir paytning özida Toşkent tibbiyot akademiyasining 3 ta fakultetiga hujjat topşirsa böladi. Yoki agar istasa TTAning 2 ta yönalişiga topşirib, uçinçisini Stomotologiya institutidan tanlasa böladi.

Bunaqa tizimdan maqsad nima?

Çunki ilgarilari abituriyent oldida faqat bittagina tanlov imkoniyati bölardi. Natijada amaliyotda şunday holatlar köp uçrardiki, kimdir 160-170 ball bilan kontraktga ham kira olmaydi, yana kimdir boşqa joyda 90 ball bilan byudjetga kiradi.

Keça «Axborot» dasturida şunga oid aniq raqamlar keltirildi. Yaʼni ötgan yili 313 ta taʼlim yönaliş böyiça 106 balldan (56%) past töplagan 36 ming 448 nafar abituriyent öqişga kirgan.

143 ta taʼlim yönalişi böyiça 106 balldan yuqori töplagan 29 ming 322 nafar abituriyent esa öqişga kira olmagan.

Bir neçta yönalişni tanlaş imkoniyati esa mana şunday tengsizlikning oldini oladi. Ajratilgan kvotani şunçaki omadi kelganlar bilan emas, balki birmunça bilimli talabalar hisobiga töldiriş imkoniyati oşadi.

Va öz-özidan soğlom raqobat hisobiga joriy yilda kiriş ballari oşişi taxmin qilinmoqda. Bu şundoq ham kiriş bali yuqori bölgan OTMlarga unça taʼsir ötkazmaydi, lekin kiriş ballari past bölgan yönalişlarda ballar sezilarli oşişi mumkin.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek