Konsertga biletni majburlab sotgan direktor işdan olindi

Matn14-may, 2019, 19:482 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Konsertga biletni majburlab sotgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi

Xalq taʼlimi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda çop etilgan “35 000 sömlik majburiy bilet” va “Öqituvçilarga sotilayotgan majburiy bilet” nomli maqolalarida keltirilgan maʼlumotlar örganildi.

Mazkur jarayonda Qaşqadaryo viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi, Qarşi şahar xalq taʼlimi bölimi rahbariyati, umumtaʼlim maktablari direktorlari hamda konsert dasturi taşkilotçilari şaxsiy manfaatlarini közlab pedagog-xodimlarni majburiy ravişda konsertga jalb qilganliklari aniqlandi.

Jumladan, Qarşi şahri XTB tasarrufidagi 23-sonli umumtaʼlim maktabi direktori v.v.b. R.N va 19-sonli umumtaʼlim maktabi direktori S.A 35 000 sömlik har bir çipta sotuvidan 5000 sömdan özlariga qolişi borasida konsert taşkilotçisi bilan özaro kelişgan. Söngra 100 dona konsert çiptasini öqituvçilarga majburan sotişgan.

Huquqiy-nazorat xizmati xodimlarining aralaşuvidan söng maktab direktorlari şu kungaça öqituvçilarga sotilgan konsert çiptalari pullarini qaytarib berişgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Qarşi şahar XTB mudiri örinbosari R.Jga hayfsan intizomiy jazo çorasi berildi. 23-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori v.v.b. R.N egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 19-umumtaʼlim maktabi direktori S.A. joriy yilning 8-mayidan buyon soğliği yaxşi emasligi tufayli davolanayotgani bois unga nisbatan intizomiy jazo çorasi köriş keyinga qoldirilgan.

Hozirda Qaşqadaryo viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği örinbosari B.U. va Qarşi şahar xalq taʼlimi bölimi mudiri B.E.ga intizomiy jazo beriş masalasi körilmoqda.

Hurmatli pedagoglar! Siz faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasasida ham şu kabi holatlar yuzaga kelsa, Xalq taʼlimi vazirligining “Ustoz ovozi” virtual inspektor tizimining telegram boti yoki +99899 988 10 06 raqami orqali murojaat qilişingiz mumkin.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek