Abituriyentlar uchun uchta yo‘nalishga imtihon tartibi

Matn14-may, 2019, 18:012 daqiqa0 koʻrish

Uçta yönalişga alohida imtihon böladimi?
#abituriyent

1️⃣ Abituriyent 3 ta oliygohga hujjat topshirsa, 2 ta oliygohning imtihon kunlari bir kunga to'g'ri kelib qolish ehtimoli yo'qmi? Bu muammo qanday bartaraf etilari?

JAVOB: Abuturiyent faqat 1 kun, 1 marta imtihon topşiradi. Mana bu postimda buning tartibini tuşuntirişga harakat qilganman: https://t.me/xushnudbek/2273

Yaʼni abituriyent bir marta testga kiradi, 90 (60) ta savolga javob beradi, böldi. Şuning özi yetadi. Mana şu 1 martaning özida u uçta yönalişga testga kirganday böladi. Boşqa kuni yana testga kirişiga hojat qolmaydi.

2️⃣ Chirchiq PI va Denov filiali psixologiya defektologiya yunalishiga topshirmoqchi bulsam imtihhonga Toshkentga borishim kkmi

JAVOB: Yöq, Toşkentga kelişingiz şart emas. Hujjatlarni Özbekistonning istalgan tumanida topşiriş imkoni bölgani kabi, testni ham istalgan hududda topşira olasiz. Buning uçun oldindan arizada testni qaysi hududda topşirişni belgilaysiz.
Eʼtiborli tomoni, albatta OTM joylaşgan hududni tanlaşingiz ham şart emas. Masalan, buxorolik abituriyent uçala yönalişni Toşkentga topşirgan bölsa ham, Buxoroda testga kirişi mumkin.

3️⃣ Kvotalar qanday boʻladi? Masalan , Qoqon DPI ga topshirib, oxirgi o'rinda 140 ball bilan kirdi, ammo bittasi 141 bilan boshqa institutdan qaytib kelsa, 140 ball olgan oʻz oʻzidan kirmagan hisoblsnadimi? Yaʼni pastga tushib ketadimi?

JAVOB: Heç kim heç qayoqdan qaytib kelmaydi. Mana şunaqa “qaytib kelişlar”, yaʼni "kaşa" bölmasligi uçun ham yakuniy natijalar barça test topşirib bölgandan keyin eʼlon qilinadi.

Abituriyent ertasi kuni özining testdan olgan balini biladi xolos, ammo hamma test topşirib bölmagunça, kirgan yoki kirmaganini bila olmaydi. Heç kimga avval “Siz kirdingiz” deya eʼlon qilib, keyin “uzr, falonçi balandroq ball bilan qaytib keldi, siz kirolmadingiz” deyişmaydi.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Uçta OTM tanlaş tartibi qanday böladi

    02 daqiqa

Yana oʻqing