Jahongir Ortiqxöjayevning Kiro Altmanga intervyusi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Manba:Muhrim / Муҳрим
Kiro Altman kimsan-kimsan hokim Jahongir Ortiqxöjayevdan intervyu olibdi . Bir soatlik intervyu. Qiziq gaplar yetarliça.
Masalan, «Akfa» va «Artel» unçalik ham monopolist emasligini kartoşka yetiştiriş misolida tuşuntirib beribdi (lekin unçalik işonarli emas baribir). Yana, «Qozoğiston» kinoteatri oldidagi çorrahani «KB Strelka» taklifi asosida qayta quriş 1,1 million dollarga tuşgan ekan — lekin bunga hokimlik pul sarflamagan (pulni kim bergani tuşunarli). Ahmet Demir masalasiga ham töxtalgan: «Menimça, uning puli yöq», deyapti hokim.
Aytmoqçi, Ortiqxöjayev futbolni yomon körarkan. Va, Ortiqxöjayevning fikriça, özbekistonliklar heç qaçon navbatda turişni örgana olmaydi. Va u har kuni: «Ey, Xudo, hammasi jonimga tegdi», derkan. Öziga-özi. Men ham hokim bölganimda, menimça, şunday degan bölardim. Intervyuni köringlar, bu qiziq.




