Abituriyentlar tomonidan eng köp beriladigan savollar

Matn14-may, 2019, 10:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Abituriyentlar tomonidan eng köp beriladigan savollar
#abituriyent

Yangi tartib qoidalar har doim tuşunmovçiliklarni va köplab savollarni keltirib çiqaradi, bu normal holat. “Nima, şuni ham tuşunmayapsanmi” demaslik kerak, toki odamlar yangiliklarni mohiyatan töla qabul qilgunigaça tuşuntiriş işlarini olib boriş lozim.

Joriy yilgi qabul jarayonlarida ayrim narsalar rasman oydinlaşmoqda, şu sababli abituriyentlar tomonidan eng köp beriladigan savollarga navbati bilan javob berib borişga harakat qilamiz.

1️⃣ Assalomu alaykum. bir xil blokli bitta OTMning 3 ta fakultetiga xujjat topshirsa bo'ladimi. masalan Jahon tillar Universiteti. 1.ingliz tili va adabiyoti; 2.xitoy tiki; 3.ingliz tili filiologiya

JAVOB: Ha, böladi. Prezident qarorida «uçtagaça bakalavriat taʼlim yönalişida tanlovda iştirok etiş huquqi berildi» deyilgan. Yaʼni uçta OTM emas, yönalişni tanlaş mumkin. Bundan kelib çiqib, xulosa qilsa böladiki, bitta OTM doirasida ham fanlar majmuasi (ketma-ketligi) bir xil bölsa, 3 ta yönalişga hujjat topşiriş mumkin.

2️⃣ Salom.Abituriyentlar bu yildan kòrsatilgan summani tòlashadimi.(òtgan yil òqishga topshirib kirolmagan abiturentlar)

JAVOB: Ha, uşbu özgariş joriy yildan amal qiladi. Yaʼni avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun EKIH yarim baravari (101 ming 365 söm) miqdorida tölov undiriladi.

Bu yerda 2 ta muhim jihat bor.

Birinçidan, qarorda «avvalgi yillarda bitirgan» deyilgan. Biz buni xalq tilida «avvalgi yillarda yiqilgan» deb talqin qilyapmiz. Lekin bir joyi borki, masalan, abituriyent 2018-yilda kollejni bitirganu, lekin baʼzi sabablarga köra hujjat topşirmagan va joriy yilda 1-marta öqişga topşirayotgan bölsa ham tölov tölaşi kerak. Demak, bu yerda diplomni qaysi yili olgani muhim, neçançi marta hujjat topşirayotgani emas.

Ikkinçidan, nogironligi bölgan yoki töliq davlat taʼminotidagi şaxslar tölov tölaşdan ozod etiladi. Faqat buning uçun holatni tasdiqlovçi qöşimça hujjatlar topşiriş talab qilinadi.

3️⃣ 5 ta fandan imtixon topshirish keyingi yildan yo'lga qoyiladimi?

JAVOB: Ha, keyingi yildan. 2020/2021 öquv yilidan boşlab test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi ikki bölimga ajratiladi.
Birinçi bölimga barça test topşiruvçilar uçun majburiy bölgan quyidagi uçta fan kiritiladi:
• ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
• matematika;
• Özbekiston tarixi.

Ikkinçi bölimga abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yönalişiga mos ikkita fan kiritiladi.

Buning tartibi qanaqa bölişini keyingi yil qabuli yaqinlaşganda yana bafurja gaplaşamiz, nasib. Hozir unçalik muhim emas.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Ramazonning 9-kuni: Tavhid haqida suhbat

    049 daqiqa

Yana oʻqing