Ijodiy imtihon topşiruvçilar uçun yönaliş tanlaş tartibi
Kasbiy (ijodiy) imtihon topşiradiganlar uçta yönalişni tanlay olmaydi
#abituriyent
Assalomaleykum Xushnud aka kasbiy ijodiy imtihon topshirdiganlar qanday yonalishlarni tanlaydi yoki faqat 1 ta otmga topshiradimi
JAVOB: Ha, faqat 1 ta yönalişga topşira oladi. Uçta yönalişni tanlaş huquqi faqat test sinovlari topşiriladigan OTMlar uçun amal qiladi, xolos.
Hozirça kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladigan yönalişlar uçun bunday imkoniyat yöq. Kelgusi yillarda qöşilişi rejalaştirilmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladigan yönalişlar 2 ta toifaga bölinadi.
1-toifa: alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yönalişlari bölib, ularda umuman test sinovlari ötkazilmaydi, faqat kasbiy (ijodiy) imtihonlar böladi. Bunday yönalişlar soni 17 ta bölib, töliq röyxat mana bu yerda berilgan.
2-toifa: ham test, ham kasbiy (ijodiy) imtihonlar böladigan yönalişlar. Bunday yönalişlarning soni 23 ta bölib, töliq röyxat mana bu yerda berilgan.
Yuqoridagi ikkala toifaga kiruvçi barça yönalişlar uçun bir neçta yönalişni tanlaş imkoniyati berilmaydi. Yaʼni jurnalistika yoki sanʼatşunoslik yönalişiga topşirsangiz, unda qöşimçasiga boşqa birorta yönalişni (OTMni) tanlay olmaysiz.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈
