Uçta OTM tanlaş tartibi qanday böladi

Matn14-may, 2019, 12:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Uçta OTM tanlaş tartibi qanday böladi?
#abituriyent

Shupaytgacha 3ta oliygohdan birini asosiy sifatida belgilash va agar Shu asosiy oliygohga õqishga Kira olmagan taqdirdagina keyingilariga Õtish imkoni Berilishi haqida eshitgandim. Bu degani biz 3ta oliygohdayam talabalikka tavsiya qilinsak biriga kantrakt biriga grant asosida õqishga kirsak Byudjetga kirganimizni tanlash imkoniga ega bõlamizmi???

JAVOB: Abituriyentlar hujjat topşirayotgan paytda, 3ta yönalişni ustuvor ketma-ketlikda belgilaydi.

Yaʼni birinçi, ikkinçi va uçinçi yönaliş sifatida qaysi OTMlarni tanlaganini oldindan belgilaşadi. Xuddi şu paytgaça harbiy imtiyozga ega abituriyentlar 2 ta OTMni tanlagani kabi.

Bunday vaziyatda abituriyent ustuvor yönalişga kira olmagan taqdirdagina keyingi yönalişda omadini sinab körişi mumkin. Agar xoh kontrakt, xoh grant bölsin, ustuvor yönalişga töplagan bali yetsa, unda keyingi yönalişlar uçun ballari hisobga olinmaydi va tanlovda iştirok eta olmaydi.

Ortiqça savollar bölmasligi uçun, misol tariqasida tuşuntiraman.

Aytaylik, farğonalik abituriyent tarix yönalişi böyiça quyidagi ketma-ketlikda OTMlarni tanladi deylik:

1-yönaliş: ÖzMU
2-yönaliş: Şarqşunoslik instituti
3-yönaliş: FarDU

Abituriyent test sinovlaridan umumiy 150 ball töpladi, deylik. Bu ball ÖzMUga kontrakt, TDŞI va FarDUga esa byudjetga yetarli bölsa, unda abituriyent qaysi birini tanlaşi mumkin? Şarqşunoslikning byudjetini tanlasa böladimi?

Yöq, bölmaydi! Bunday vaziyatda abituriyentda tanlov imkoniyati yöq, u ustuvor yönaliş sifatida 1-örinda ÖzMUni belgilagani uçun, şu yerning kontraktiga kirgan hisoblanadi, qolgan 2 ta yönaliş inobatga olinmaydi. Qaçonki u ÖzMUga yetarli ball töplay olmasagina, keyin Şarqşunoslik hisoblanadi. Agar abituriyent bali ÖzMU va Şarqşunoslikka ham yetarli bölmagan taqdirdagina, keyin FarDU inobatga olinadi.

Yaʼni ustuvor OTMga kira olmasagina, ball keyingisiga ötadi. Agar ustuvor OTMga yetarli ball töpladimi, tamom, u xoh budjet, xoh kontraktga kirgan bölsin, keyingi OTMlarga inobatga olinmaydi, şu yerda töxtaydi.

Xullasi kalom, abituriyentga tanlov imkoniyati hujjat topşiriş vaqtida beriladi. Öşa paytda u OTMlar röyxati va ularning ketma-ketligini töğri tanlaşi kerak, test ötgandan keyin unda tanlov yoki özgartiriş imkoni bölmaydi.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek