Texnikum bitiruvçilari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi
❓Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?
✅ JAVOB: Ha, xuddi şunday.
2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” PF-5812-son Prezident farmoniga muvofiq ana şunday qoida belgilab qöyilgan.
Yaʼni texnikumlarda örta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar öz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça KIRIŞ IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN öqişini davom ettiriş huquqiga ega böladi.
Texnikumlarda 2 yildan kam bölmagan muddatda davlat buyurtmasi yoki tölov-kontrakt asosida öqiş mumkin.
❗️Şoşiling, muddat oz qoldi. Texnikumlarga öqişga kiriş uçun texnikum.edu.uz sayti orqali 10-sentabrga qadar (şu kuni ham) onlayn ariza topşiriş mumkin.
Abituriyentlar uçun 197 ta texnikumda jami 138 dan ortiq mutaxassisliklar mavjud.
Elektron platformada quyidagilar söraladi:
1️⃣ Elektron ariza töldiriladi;
2️⃣ Umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovçi attestat (elektron) nusxasi yoki örta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi töğrisidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;
3️⃣ pasport maʼlumotlari kiritiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2
