Sirtqi ta'limda 3 ta yo‘nalishni tanlash tartibi

Matn15-may, 2019, 09:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sirtqi taʼlimda ham 3 ta yönalişni tanlasa böladimi?
#abituriyent

1️⃣ Sirtqi talim shakliga ham 3ta oliy talim muassasasiga (yònalishga) topshrisa boladimi.

JAVOB: Ha, böladi. Abituriyentlar hujjat topşirayotganda fanlar bloki mos keladigan 3 ta sirtqi taʼlim yönalişlarini tanlaşi mumkin.

2️⃣ Uchta OTM ga topshirishda sirtqi va kunduzgiga topshirish imkoni bormi? Masalan ikkitasi sirtqi bittasi kunduzgi qib!

JAVOB: Yöq, mumkin emas. Bu yerda bir jihatni eʼtiborga oliş kerakki, tanlanayotgan 3 ta yönaliş albatta bitta TAʼLIM ŞAKLI doirasida bölişi kerak.

Yaʼni bitta kunduzgi, bitta sirtqi, bitta keçki taʼlimni tanlab bölmaydi. Agar asosiy OTM sifatida kunduzgiga topşirayotgan bölsangiz, demak qolgan 2 ta yönalişni ham faqat kunduzgilar orasidan tanlay olasiz, sirtqi yoki keçki taʼlimni qöşa olmaysiz. Yoki aksinça, agar sirtqiga topşirmoqçi bölsangiz, demak barça yönalişlaringiz faqat sirtqi taʼlim doirasida bölişi kerak.

3️⃣ Oʻqishga topshirsak diplomimizni qaytib berishadimi qaytib berishgan taqdirda sirtqi ta'limga topshira olamanmii

JAVOB: kunduzgi yönalişlarga hujjat topşirganda diplom va pasportni qaytarib beradi, lekin bu abituriyentga sirtqiga topşiriş imkonini bermaydi. DTMda baza bitta böladi va kunduzgiga topşirganlarni sirtqiga qabul qilişmaydi. Şuning uçun yoki kunduzgiga, yoki sirtqiga topşirişni oldindan aniqlab olişingiz kerak.

4️⃣ Agar testdan yiqilgan taqdirda sirtqi taʼlim shakliga hujjat topshirsa boʻladimi?

JAVOB: Yöq, topşirib bölmaydi. Kunduzgi yönalişlarning javobi çiqqan paytda allaqaçon sirtqiga hujjatlarni qabul qiliş tugab bölgan böladi.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek