JIDUga hujjat topshirish va dastlabki imtihon tartibi

Foto30-iyun, 2022, 10:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Nega Diplomatiya universiteti DTM saytida çiqmayapti?

✅ JAVOB: Çunki Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida testdan oldingi birlamçi imtihon ham böladi. Yaʼni birlamçi imtihondan öta olmaganlar, testga kiritilmaydi.

Şu sababli hozirça DTM saytidan JIDUni tanlaş imkoni yöq.

Unda qayerdan hujjat topşirsak böladi?

Abituriyentlar https://admission.uwed.uz manzilida onlayn ariza töldirişadi.

Arizalar 2022-yil 5-iyulgaça qabul qilinadi.

❗️JIDU dastlabki imtihonidan öta olmagan abituriyentlar bemalol keyinçalik DTM saytida boşqa 5 ta yönalişni tanlaşlari mumkin böladi.

Dastlabki imtihon JIDU hududida 1-7-iyul kunlari ötkaziladi.

Dastlabki imtihon haqida batafsil maʼlumot:
https://uwed.uz/uz/announcements/view/104

JIDU yönalişlari va test ötadigan mutaxassislik fanlar majmuasi röyxati:

1) Xalqaro munosabatlar

Tarix (3,1 ball)
Çet tili (2,1 ball)

2) Siyosatşunoslik

Tarix (3,1 ball)
Çet tili (2,1 ball)

3) Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari böyiça)

Matematika (3,1 ball)
Çet tili (2,1 ball)

4) Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)

Tarix (3,1 ball)
Çet tili (2,1 ball)

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 836
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek