JIDUda dastlabki imtihon ötkaziş tartibi tasdiqlandi

Matn16-iyun, 2020, 19:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida dastlabki imtihon ötkaziş tartibi tasdiqlandi
#abituriyent

Xabaringiz bor, JIDUda testdan oldingi birlamçi imtihon ham böladi. Yaʼni birlamçi imtihondan öta olmaganlar, testga kiritilmaydi.

Bugungi kundagi pandemiya holatidagi vaziyatdan kelib çiqib, 2020-2021 öquv yili JIDU bakalavriat yönalişlariga öqişga qabul qilişda dastlabki imtihon masofaviy onlayn tarzda ötkazilişi rejalaştirlmoqda.

Abituriyentlar JIDU abituriyentlarini elektron röyxatga oliş tizimida onlayn ariza töldirişadi (https://admission.uwed.uz) va röyxatga oliş paytida talab qilinadigan hujjatlarning elektron nusxasini yuklaydi va öz navbatida dastlabki imtihonga yöllanma oladi.

Arizalar 2020-yil 15-iyundan 5-iyulgaça qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot:
https://uwed.uz/uz/pages/bachelor-degree

JIDU yönalişlari va test ötadigan fanlar röyxati:

1) Siyosatşunoslik

Tarix (3,2 ball)
Çet tili (3,1 ball)

2) Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari böyiça)

Matematika (3,2 ball)
Çet tili (3,1 ball)

3) Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)

Tarix (3,2 ball)
Çet tili (3,1 ball)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek