JIDU qabul jarayonidagi noaniqliklarga izoh berdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti keça kanalimda eʼlon qilgan tanqidim böyiça Kun.uz saytiga rasmiy javob beribdi.
Javobda nima sababga köra abituriyentlardan hujjatlar qabul qilişning oxirgi kuni 5-iyul, yaʼni bugun ekanligiga izoh berişgan. JIDU qabul komissiyasi aʼzosi bergan javobga köra, 5-iyulgaça hujjat qabul qilişdan asosiy maqsad testgaça ötkaziladigan suhbatdan yiqilgan va testga qöyilmagan abituriyentlar boşqa OTMlarga hujjat topşirişga ulgurişlari uçun ekan.
Yaxşi, tuşundik, biz taxmin qilgan javob berilibdi.
Lekin asosiy savollarga javob qani?
1. 5-iyulgaça hujjat qabul qilişning HUQUQIY ASOSI qani? Qayerda, qaysi hujjatda JIDUning hujjatlari 5-iyulgaça qabul qilinadi, deb belgilangan?
2. Testdan oldingi oğzaki suhbatning tartibi tasdiqlandimi? Prezident qarorida borligini tuşundik, lekin kim oladi, qanday oladi, abitruyentni testga kiriş huquqidan kim va qaysi asosga köra mahrum qiladi?
3. Mayli, OĞZAKI topşiriqqa köra 5-iyulgaça qabul qilinadi deyilgan ham deylik (ming afsuski, oğzaki topşiriqlar yozma qarorlardan ustun keladi baʼzan). Lekin nima uçun bu haqida keng jamoatçilikkka yetkazilmadi? Qaysi OAVda, qaysi saytda bu haqida eʼlon qilindi? Kuniga atigi ming kişi kiradigan Universitet saytida eʼlon beriş bilan çeklanişdan maqsad nima edi? Axir bunaqangi xabarlarni zudlikda hamma abituriyentlarga yetkaziş kerak emasmi? Mana, tanqid qilinsa, darrov javob berişni bilişar ekanku. Döppi tor kelsa, Kun.uz bilan ham, boşqasi bilan boğlanişar ekanku, nega şuni vaqtliroq qilişmagan?
Nima deyişga ham hayronman. Kiriş imtihonlarini şaffof qiliş uçun hukumat şunça harakat qilib yotibdi, buyoqda esa "tizimni tozalaş, sifatli kadr yetiştiriş" şiori ostida ajoyib, yozilgan qarorlarga töğri kelmaydigan işlar qilinyapti.
Na bir şaffoflik bor, na bir huquqiy asos bor...
P.S.: Bilaman, bu gaplarim ayrimlarga yoqmaydi. Çunki Diplomatiyani özida ham juda köp ustozlarim işlaşadi. Balki ular mendan xafa ham bölişar. Ammo qabul jarayonidagi şunaqa işlarni körsam, yozmasdan tura olmayman. Keyin afsuslansam ham. Uzr.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

