AQŞ fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi
AQŞ fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi
Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudida sudlanuvçi Zokir Aliyevga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov Kun.uz'ga maʼlum qildi.
Maʼlum qilinişiça, sud jinoyat işi materiallarini örganib, Aliyevni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1 qismi (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) va 244-2-moddasi 1 qismida (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş) közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topdi.
«Sud Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunçiligida özining teran ifodasini topgan insonparvarlik, bağrikenglik va adolat tamoyillaridan kelib çiqib, sudlanuvçilarga jazo tayinladi», deyiladi xabar matnida.
Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi 2000-yildan keyin Özbekiston Respublikasiga kelgunga qadar qariyb 18 yil davomida jinoiy faoliyat bilan boşqa şuğullanmaganligini inobatga olib, Zokir Aliyevga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57 (yengilroq jazo tayinlaş) va 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) moddalarini qöllagan holda eng kam oylik iş haqining 600 barobari miqdorida 1 mln 50 ming söm jarima jazosi tayinladi.
P.S.: munaqa qisqa vaqtda dastlabki tergov tugab, sud muhokamasi bölib, hukm çiqqanini kamdan-kam köriş mumkin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
